www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
Minay ko‘shishu sa’y raxshig‘a tez,
Sipah ziynatig‘a qiloyin sitez.
Yasolni tuzay andoq orosta
Ki, bir tuz chaman sarvi navxosta.
Mamolikki, tab’ aylamish erdi fath,
Ul iqlimkim bo‘lmamish erdi fath.
Ne iqlim, balkim jahon kishvari
Ki, topmish edi fathi Iskandariy.
Skandardek aylab sipahdorlig‘,
Sipahni xalaldin nigahdorlig‘.
Nechukkim, Skandar
7
kezib xushku tar,
Musaxxar qilay nazm ila bahru bar
Ki, ya’ni chekib xomai xushxirom,
Skandar ishiga qilay ehtimom.
Ilohi Navoiyg‘a tavfiq ber,
Qaro shomig‘a sham’i tahqiq ber
Kim, ul shomi dayjur ofotidin,
Ne ofotidin, balki zulmotidin,
Chiqorsun Xizr yanglig‘ obi hayot,
Yetursun Skandar janobig‘a bot.
Necha zoyil o‘lsun hayoti aning,
Tirilsun bu dam bori oti aning.
VI
So‘z ta’rifida bir necha so‘zkim, ofarinish daryosidin burung‘i chiqqon gavhari serobdurur va xilqat
sipehridin avvalg‘i tulu’ etgan axtari purtob va bu munosabat bilan hazrati shayxi Nizomiy qaddasa
sirrahu maddohlig‘ikim, bu axtarning sipehri gardoni ul erdi va bu ta’rif bila Mir Xusrav navvara
marqadahu avsofikim, bu gavharning daryoyi
Ichar xayl so‘z bodai sofini,
Demak farz keldi so‘z
1
avsofini.
Budur vasfi ichra kamolin demak
Ki, bo‘lmas kamolini vasf aylamak.
Bu ta’rif anga bas muvajjahdurur
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
Ki, ta’rif etardin munnazahdurur.
Biyikrak maqom ichra aflokdin,
Ne aflokdin, vahmu idrokdin.
Ul avj uzrakim sochilib so‘z duri,
Surayyo kelib anda tahtas-sari.
Vujud ichra olamg‘a sabqatnamoy,
Sharaf birla Odamg‘a rif’atfizoy.
Gar ul bo‘lmasa kimsaga yo‘q sharaf,
Aningdekki, gavharsiz o‘lg‘ay sadaf.
Sadaf to guhar anda pinhon erur,
Aning xozini bahri Ummon
2
erur.
Guhardin chu xoli bo‘lur ul sadaf,
Yerur teng ulu bir qurug‘on kashaf.
Bashar zotida javhari jon ham ul,
O‘luk jismida obi hayvon ham ul.
Bukim javhari jon dedim otini,
Qilay jon bila bu so‘z isbotini.
Chu jism ichra jon yo‘qtur, ul yo‘qdurur,
Yana jong‘a onsiz bu hol-o‘qdurur.
Bashar xaylig‘a til tutulg‘on zamon,
Tiriklik hamon keldi o‘lmak hamon.
Bu hamkim dedim obi hayvon ani,
Quloq tutki, sharh aylay oson ani.
O‘luk tirguzur bo‘lsa hayvon suyi,
Qilur ham bu ishni dami Isavi
3
.
Qayu kimsakim, so‘z berur jon anga,
Qilur jon fido obi hayvon anga.
O‘lukka gar andin erur joni pok,
Va lekin tirikni ham aylar halok.
Gahi masjid ichra alolo solib,
Xarobot aro goh g‘avg‘o solib.
Ham ul charx bahrig‘a durdonadur,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |