Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Ki, ganji aning Ganjaparvard erur. 
Ham ul ganjrezu ham ul ganjposh
Bo‘lub bazlidin dahr aro ganj fosh. 
Nechakim ochib ganj to‘kmakka qo‘l, 
Vale maxzani roz ganjuri ul. 
Aning ganjidin har diram axtare, 
Yashil kup anga gunbadi axzare. 
Kup ostidag‘i xisht qursi qamar, 
Vale boshida tashti zarrini xur. 
Qazo qismidin yetmayin ranj anga
Bu yanglig‘ ne bir ganj, besh ganj
7
anga. 
Tutub ganji bu charxi nuh toqni
Nechukkim, quyosh nuri ofoqni. 
Bu yanglig‘ki ganji maoniy to‘kub, 
Jahon ahlig‘a jovidoniy to‘kub. 
Bu besh ganjidinkim jahondur to‘lo 
Ki, ko‘k javfida dog‘i yo‘qtur xalo. 
Yo‘q ulkim, jahonni to‘lo aylamish 
Ki, gardunni ham imtilo aylamish. 
Kelib tab’i garduni oliy asos, 
Maoniy duri anda anjumqiyos. 
Bu gardun aro tab’i xurshid o‘lub, 
Aning nuri olamda jovid o‘lub. 
Shihobi qalam, chunki aylab tarosh
Topib safhai mehr andin xarosh. 
Atoridki, mavloyi dargahnishin, 
Qachon xoma yo‘nsa bo‘lub rezachin. 
Falak ud so‘zida axgar qilib, 
Maloik ani udi mijmar qilib. 
Ne kog‘azg‘akim, kilki gavharfishon, 
Qilib mehri zarkash anga zarfishon. 
Yetib anda oltinchi ko‘k zevari, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
32
O‘pub boshig‘a sanchibon Mushtari. 
Falak ahli ul noma ko‘rgan zamon, 
Boshi uzra misvoke aylab gumon. 
Quyosh chunki nur anglamay aynidin, 
Ani yorutub gardi na’laynidin. 
Bo‘lub so‘z mayig‘a chu hushi garov, 
Anga jur’akash yo‘q, magarkim birov. 
Birov yo‘qki, hinduyi la’bovari, 
Ne hinduki, joduyi donishvari. 
Ne joduki, donoyi hikmatmaob, 
So‘zi nazm devonidin intixob. 
Chuchuk nuktadin yopishib nomasi
Magar nayshakardin bo‘lub xomasi. 
Anga xoma no‘gi qaranful kibi, 
Va yo sarvinoz uzra sunbul kibi. 
Gah ul sunbuli tar qaranful sochib, 
Qaranful dog‘i goh sunbul sochib. 
So‘z ichra anga tezbozorliq
Bu bozor aro turfa attorliq. 
Valek ul do‘koneki mavjud anga, 
Sutunu eshik-sandalu ud anga. 
Bu attorliqda maqosid bilib, 
Ani doli donish Atorid qilib. 
Qachon xoma dastonsaro aylabon, 
Savodi jahonni qaro aylabon. 
Chu Hindustondin surub doston
Qilib dahrni dag‘i Hinduston. 
So‘zi shohidi majlisoroyi Hind, 
Bu majlis ichida o‘zi royi Hind. 
Demay roy ani, balki yuz Kedu roy, 
Sazodur anga xokro‘bi saroy. 
Bu yerga chekib poya xusravlug‘i, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin