Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
Agar nuktai jonfizosi aning
Bu nav’ o‘lsa, yuz jon fidosi aning. 
Alo, toki jon bo‘lg‘ay inson bila, 
Tirik bo‘lg‘ay inson dog‘i jon bila. 
Hadisini el jonig‘a voya qil, 
Hamul voyadin jong‘a sarmoya qil. 
Bu sarmoyadin bizga kome yetur, 
Labolab mayi vasli Jomiy yetur 
Ki, Jomiyg‘a o‘zni qilib jur’akash, 
So‘z aylay ado, mastu devonavash. 
VIII 
Inoyat quyoshi vasfidakim, fayz matla’idin tulu’ etsa, tarbiyati xorani yoquti obdor va la’li otashin 
qilur va hidoyat sahobi ta’rifidakim, jud havosidin irtifo’ tutsa, taqviyatidin tufroqtin lolai serob va 
guli otashin ochilur va o‘zining ko‘ngli xorasi ul quyosh partavin topqonin demak
Birovkim, erur yovar iqbol anga, 
Ne ish qilsa farxundadur fol anga. 
Qayu ishgakim royi ozim bo‘lur, 
Zafar yoru davlat mulozim bo‘lur. 
Agar qilsa xarmuhra daryo‘za ul, 
Bo‘lur kirsa ilgiga feruza ul. 
Tikon sorikim qo‘l uzotur nuhuft, 
Qo‘lig‘a kirar g‘unchai noshuguft. 
Agar oyg‘a tushsa ko‘zi, kun bo‘lur, 
Qadam qo‘ysa tufroqqa, oltun bo‘lur. 
Qaro af’i ar yetsa oning qo‘li, 
Bo‘lur komi gulchehraning sunbuli. 
Bulut boshig‘a yetsa yomg‘ur sochar, 
g‘alatdurki yomg‘ur sochar, dur sochar. 
Vale ish kerak bo‘yla farzonag‘a, 
Bu yanglig‘ atoyoda shukronag‘a 
Ki, forig‘ bo‘lub xalq bedodidin, 
Farog‘ istamay dodgar yodidin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
Jafosi aning do‘stg‘a yetmagay, 
Qayu do‘st, dushmang‘a javr etmagay. 
Demay javrkim, qilsa a’dosi javr, 
Anga bo‘lmag‘ay tortmoq kiyna tavr. 
Jafo o‘trusida vafo aylagay, 
Va gar buxl ko‘rsa ato aylagay. 
Necha topsa dunyo mato’ig‘a kom, 
Aning hifzig‘a qilmag‘ay ehtimom. 
Dema, Haq nekim yetkurur – naylagay, 
Borin Haq rizosida sarf aylagay. 
O‘ziga aro yerda ko‘rmay vujud, 
Bu shukronag‘a Haqqa etgay sujud. 
Atoyoni anglab, musabbib ishi
O‘zin bilmagay o‘rta yerda kishi 
Kim, o‘truda yetgay aningdek futuh 
Ki, sharhig‘a berdim yuqorroq vuzuh. 
Bulut elga durdin atokesh emas
Haq ehsonidur, ul sabab besh emas. 
Tugangach sochar fayz amtor anga, 
Havoda yana bormu osor angag‘ 
Shukufa chog‘i yelki sochqay diram, 
Bo‘lurmu demak yelni sohibkaramg‘ 
Qazodin anga har ne marqum erur
Chu tutti vujud o‘zga – ma’dum erur. 
Manga Tengridin bo‘ldi ro‘zu bu kom 
Ki, har ishgakim ayladim ehtimom, 
Husulig‘a oning uzotquncha qo‘l, 
Suhulat bila qo‘pti ollimdin ul. 
Murodim agar xorabunyod edi
Bo‘lub gard ollimda barbod edi. 
Yo‘lumda nekim ajdaholiq qilib, 
Qo‘lumda madadg‘a asoliq qilib. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin