www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
Yubon ko‘k yuzin xayli ko‘lok anga,
Hubob anglanib go‘yo aflok anga.
Balo selidin mavji xunxorroq,
Nahangi ajaldin sitamkorroq.
Yana dashtining sathi andoq vase’
Ki, yetmay qirog‘ig‘a charxi sare’.
Balo manzili marzu bumi aning,
Ajal shaxsin o‘rtab samumi aning.
Dema devbod, andakim bori dev,
Yugurmakta sargashta har sori dev.
Hamoqat topib chun ko‘rub tul anga,
Bu dasht ichra bozi berib g‘ul anga.
Qum ichra topib ul biyobon gumi,
Mashaqqat hisobi biyobon qumi.
Kishikim boqib oshkoru nihon,
Ko‘rub bo‘yla mehnat jahon dar jahon.
Nazarg‘a kelib ganji beintiho,
Vale har biri uzra yuz ajdaho.
Bo‘lub chun bu olamg‘a nozir dame,
Manga yuzlanib har zamon olame.
Qilib yod da’voyu lofimni ham,
Sog‘inib burun der gazofimni ham.
Uyatqa solib bo‘yla holat meni,
Halok aylabon bal xijolat meni.
Gahi yuzlanib ul so‘zumdin uyot,
So‘zumdin demaykim, o‘zumdin uyot.
Gahi debki, yo‘q daxli imkon munga,
Tasarruf qila olmoq inson munga.
Bu andesha ko‘nglumda qo‘ymay qaror,
Halok aylabon ajz ila iztiror.
O‘zumdin ishim ya’si jovid o‘lub,
Ishimdin ko‘ngul dog‘i navmid o‘lub.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
Qulog‘im bu holat aro bir xurush –
Yeshittiki, der erdi farrux surush
Ki: «Yey bulbuli zori alhonsaro,
Vale so‘z riyozida dostonsaro.
Navo ichra ming lahnsozing qani,
Dasotini xotirnavozing qanig‘
Sanga oncha Haq lutfi voqe’durur
Ki, to turk alfozi shoe’durur.
Bu til birla to nazm erur xalq ishi,
Yaqin qilmamish xalq sendek kishi.
Sanga turk aqolimin aylab raqam,
Azalda nasib aylamish yakqalam.
Nasib etti aylab seni marzbon,
Sinoni qalam birla tig‘i zabon.
Ki, bu mulk aro qahramon bo‘lg‘asen,
Ulus ichra sohibqiron bo‘lg‘asen.
Bu yo‘l qat’idin toymog‘ing ne edig‘
Ko‘rub «Xamsa» sustoymog‘ing ne edig‘
Qayu ishki, bo‘lmish muyassar sanga,
Bo‘lurmu bu andesha bovar sangag‘
Ki Haq lutfi bo‘lmay bo‘lub erkin ul,
Ul ochmay yorub erkin ollingda yo‘lg‘
Ne ishgaki el sundung, ul
4
tutti el,
Muni ham alarning yana biri bil.
Agar ochmasa Haq hidoyat yo‘li,
Va gar tutmas o‘lsa inoyat qo‘li.
Kim, o‘lg‘ay zaif odamizodi xas
Ki, ishta tavonolig‘ etgay havas.
Xususanki, sen barchadin pastsen,
Demay xaski, tufroqqa hamdastsen.
Ham eldin sanga ko‘prak afkandalik,
Havosingg‘a dog‘i parokandalik.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |