Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
Bo‘lub muftaxir Arsh aning zotig‘a 
Ki, na’l aylabon «ayn»idin otig‘a. 
Berib chunki Kursiga piroyae
Urujig‘a Kursi bo‘lub poyae. 
Munavvar bo‘lub Lavh anvoridin, 
Qilib shamsa xurshid ruxsoridin. 
Qalamg‘a yetib maqdamidin kushod, 
Yozib chashmzaxmi uchun «in yakod»
11

Surub barqsayrini jon mulkiga
Ne jon mulkiga, lomakon mulkiga. 
Guzargohi ul damki Rafraf bo‘lub, 
Yuzidin damo-dam musharraf bo‘lub. 
O‘tub dog‘i bir yerga tortib alam 
Ki, bo‘lmay anga hamrahi hamqadam. 
Qolib po‘yadin payki aflokgard, 
Qadam olmayin raxshi gardunnavard. 
Buroqin tushub paykiga topshurub, 
Qadamsiz yurub, po‘yasiz gom urub. 
Ne to‘rt asldin ko‘ngliga yorliq, 
Ne olti tarafdin xabardorliq. 
Ham olti-yu ham to‘rt mavquf edi
Aning xotiri birga mash’uf edi. 
Bo‘yidin vujudi libosin so‘yub, 
Boshidin taayyun livosin qo‘yub. 
Vujudin adam gardi aylab sog‘inch, 
Vujudu adamdin bo‘lub ko‘ngli tinch. 
O‘zidin chu jonida qolmay nishon, 
Solib o‘zni jonon sori jonfishon. 
O‘zidin o‘zin toki qilmay xalos, 
Qila olmayin o‘zni jonong‘a xos. 
Chu o‘zlukni o‘zdin qilib bartaraf
Qilib jilva maqsud anga har taraf. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
Bo‘lub raf’ o‘zluk aro pardasi, 
Padid o‘ldi vahdat saropardasi. 
Niqob anda yetmish ming etti zuhur
Aning ko‘pragi zulmat, ozrog‘i nur. 
Ki, raf’ etti borin hidoyat yeli, 
Hidoyat yeli yo‘q, inoyat yeli. 
Yaqinroq sig‘indi visol istabon, 
Visol avjig‘a ittisol istabon. 
Nekim istabon aylar erdi havas
Tamomig‘a Haq yetkurub dastras. 
Yorub vasl xurshididin ayn anga, 
Muayyan bo‘lub qobi qavsayn anga. 
Taallumg‘a yetmay «shadidul-quvo», 
Ko‘zi topti «mo zog‘», o‘zi «mo tag‘o»
12

Necha ikilik naqshi nobud o‘lub, 
Bir-o‘q vahdati sirf mavjud o‘lub. 
Qilib mayl ummat nizomig‘a ham, 
Yonib «Li maalloh» maqomig‘a ham. 
Qilib mustami’liqda arzi niyoz, 
Topib Haq taolodin ismoi roz. 
Agar maxfiy, ar fosh o‘lub Haq so‘zi, 
O‘zi aytibu ham eshitib o‘zi. 
Ko‘rub bahri g‘ufronni chun mavjnok, 
Tilab osiy ummat gunohini pok. 
Bu maqsudini arz qilg‘on zamon, 
Talab birla topmoq bo‘lub tav’amon. 
Chu topib tilab topmag‘onni kishi, 
Kirib ko‘ngliga avd qilmoq ishi. 
Kelib g‘unchau bog‘i rizvon yonib
Yetib qatrau bahri Ummon yonib. 
Topib har ne maqsudkim istabon, 
Bo‘lub borcha mavjudkim istabon. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin