Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
Ochib gullarin ul musamman chaman,
Boshi uzra sochib gulu nastaran.
Hamal chun aningdek topib mehribon,
Kerakmas debon Muso yanglig‘ shubon.
Bo‘lub
sadqasi charxi davvor uyi,
Qilib davra, andoqki assor uyi.
Iki paykar ochib duosig‘a el,
Tongib xizmatig‘a iki yerda bel.
Musharraf qilib chunki xarchangni,
Ochib raxshi temorig‘a changni.
Qochib Sher yetgan zamon ul daler,
Qari tulku ul nav’kim yetsa sher.
Bo‘lub Xo‘shag‘a dona
gavhar kibi,
Ne gavhar kibi, balki axtar kibi.
Ayog‘ig‘a Mezon qo‘yub boshini,
Adolat yuzidin tuzub toshini.
Chayon no‘sh sochmoq qilib ibtido,
Yetib nishining band-banddin judo.
Bo‘lub qosh uchidin ishoratnamoy,
Berib qobi qavsayndin mujda Yoy.
Suti O‘chkuning shirai jon bo‘lub,
Aning qatrasi durri g‘alton bo‘lub.
Yo‘li ustida Qubqakim suv sochib,
Sochar vaqti suv yo‘qki, inju sochib.
Falak
deb damidin tirilganda Hut
Ki, «Subhona hayyil-lazi lo yamut»
10
.
Falak bog‘i andoq topib zebu far
Ki, bir charx o‘lub anda har nilufar.
Chu garm aylabon charxi atlasqa ot,
To‘shab atlasin oti ollinda bot.
Chu sayr aylab ul necha toram sori,
Takovar surub Arshi a’zam sori.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: