Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Munga tegru andinki, o‘zni bilib,
Zalolat aro umr zoyi’ qilib.
Nafas
urmay aylar zamon xiyralik
Ki, topmay ko‘ngul ko‘zgusi tiyralik.
Qadam urmayin g‘ayri berohg‘a
Ki, andin tushub bosh tuban chohg‘a.
Tunu kun xarobot aro mayparast,
Qilib o‘zni isyon mayi birla mast.
Musallo garavda mayolo bo‘lub,
Rido go‘shasi bodapolo bo‘lub.
Bo‘lub maykada dayri zulmat asos,
Men anda qari gabri haqnoshinos.
Agar muncha yuz bo‘lsa rasvolig‘im,
Siyahro‘lug‘u besaru polig‘im.
Vale sendin uzmaymen aslo umid
Ki, ermon karam bahridin noumid.
Bu
dargohda har kim gunahkorroq,
Inoyat qilurg‘a sazovorroq.
Muni anglag‘ach bo‘ldi holim taboh
Ki, ummid ila ko‘prak ettim gunoh.
Yeshittimki, Horuni daryoato
Demishkim, chu afv aylasam bir xato.
Agar bilsalar xalqkim begumon,
Ne chog‘lig‘ toparmen farah ul zamon.
Toparg‘a
inoyat bila parvarish,
Ulus qilmag‘ay jurmdin o‘zga ish.
Ilohiy, tuman ming bu Horun kibi,
Ne Horunki, Ashku Faridun kibi.
Sening dargahingda ne bo‘lg‘ay xase,
Demay xaski, ul xasdin o‘ksuk base.
Alar qilsalar muncha arzi karam,
Bu ma’razda ne nav’ atay seni ham.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
Alar gar shah o‘lsa, gadomen yamon,
O‘lar
vaqti soyil hamon, shah hamon.
Yorurda quyosh partavidin saro,
Qachon farq o‘lur fahm zarrot aro.
Qilur vaqt bu zarralarg‘a karam,
Navoiyg‘a lutf ayla bir zarra ham.
Sazo andin ar jurmu pindor erur,
Sen ul qilki sendin sazovor erur.
Xato aylaganni hisob aylama,
Xatosig‘a loyiq azob aylama.
Karam
birla jurmini kam aylagil,
Garu ul qildi kamm, lek karam aylagil.
Agar qilmading zuhdu toat nasib,
Habibingdin etgil shafoat nasib.
Dostları ilə paylaş: