7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


-MAVZU:Suvda va quruqlikda yashovchilar sinifiga kiruvchi dumsizlar



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
7 - maruza (4)

11-MAVZU:Suvda va quruqlikda yashovchilar sinifiga kiruvchi dumsizlar 
turkumi vakilarini aniqlash.

Darsning maqsadi:
Hozirgi zamon reptiliyalar sistematikasi haqidagi bilimlarni 
mustahkamlash, reptililarning xilma-xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib 
o’rganish. 
 
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Hozirgi paytda yer yuzida 8000 dan ortiqroq sudralib yuruvchilarni turi yashaydi. 
Mezazoy erasiga qadar ularni 17 ta turkumi bo’lgan shundan progressivroq tuzilishga ega 
bo’lgan 4 ta turkum saqlanib, bugunga qadar yetib kelgan. Qolgan hammasi qirilib ketgan. 
Yer yuzida mavjud bo’lgan hozirgi sudralib yuruvchilar quyidagi sistematik guruhlarga 
bo’linadi: xartumboshlilar, tangachalilar, timsohlar, toshbaqalar. 
o’z ichiga eng qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga 
Xartumboshlilar turkumi
qadar yashab kelgan yagona turi – gatteriyani oladi. 
– hozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko’p turi kiradigan turkumidir. 
Tangachalilar
Bularning gavdasi har xil tangacha bilan qoplangan. Kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan 
harakatchan qo’shiladi. Tuxumlarida oqsil bo’lmaydi va ular pergamentsimon parda bilan 
qoplangan. 
Tangachalilar turkumi 3-ta kenja turkumga bo’linadi (
kaltakesaklar, ilonlar, 
xameleonlar). 
vaqillari hozirgi zamon sudralib yuruvchilar ichida eng yuqori 
Timsohlar turkumi
taraqqiy etgan va suv muhitida yashashga moslashgandir. Boshi, bo’yni va tanasi, yapaloq, dumi 
yon tomondan qisilgan, orqa oyog’ining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo’ladi. Gavdasi 
shox qalqon bilan qoplangan. Bu qalqonlarning tagida suyak plastinkalar joylashadi. 
vaqillarini asosiy xususiyatlaridan biri tanasi ustida joylashgan 
Toshbaqalar turkumi
suyak qalqonlarining bo’lishligi hisoblanadi. Boshi, bo’yni, oyoqlari va havf tug’ilganda dumi 
ma’lum darajada qalqon ichiga tortiladi. Qalqoni yoki pantseri ustki bo’lim – karapaksdan va 
pastki bo’lim – plastrondan tashqil topgan. Karapaks teri hisobidan rivojlangan suyak 
plastinkalar hamda qovurg’alar va umurtqalarning asosiy qismining qo’shilishidan hosil bo’lsa, 
plastron qoplovchi suyak plastinkalar, to’sh va o’mrov yupqa shox plastinkalar bilan qoplangan. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin