Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash
Quyidagi savollarga og’zaki javob bering.
1. Xartumboshlilar turkumiga xos belgi va xususiyatlarni ayting.
2. Kaltakesaklar kenja turkumining o’ziga xos belgi va xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Ilonlarning o’ziga xos belgi va xususiyatlarini ayting.
4. Xameleonlarning o’ziga xos bio-ekologik xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Reptiliyalarning amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
40
1. Kaltakesaklar uchun xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
A-jag’ suyaklari
harakatchan qo’shilgan, B-pastki jag’ suyaklari o’zaro qo’shilib ketgan, V-qovoqlari harakatsiz,
G-qovoqlari harakatchan, D-to’sh suyagi bo’ladi, Ye-to’sh suyagi yo’q, J-nog’ora pardasi tashqi
tomondan ko’rinib turadi, Z-nog’ora pardasi va bo’shlig’i atrofiyalangan, I-o’ng o’pkasi
rivojlangan, K-siydik pufagi yo’q, L-umurtqa pog’onasi faqat tana va dum bo’limidan iborat, M-
zaharli turlari bor.
2. Ilonlarga xos bo’lgan xarakterli belgilarni ko’rsating.
(1-topshiriq).
3. CHo’l toshbaqasining sistematik o’rnini aniqlang.
A-Chelonia, B-Sauria, V-Ophidia,
G- Cryptodira, D-Pleurodira, Ye-Chelonidea, J-Testudo horsfieldi, Z-Testudo graeca, I-Testudo
elephantops.
4. Kapcha ilonning sistematik o’rnini aniqlang.
A-Sguamata, B-Sauria, V-Ophidia, G-
Viperidae, D-Elapidae, Ye-Colubridae, J-Natrix natrix, Z-Naja naja, I-Naja oxiana.
5. Reptiliyalarning turkumlari va ularga mansub turlarni juftlab yozing
. 1-
Xartumboshlilar, 2-Tangachalilar, 3-Toshbaqalar, 4-Timsohlar, A-arrau, bissa, B-gatteriya, V-
mamba, pelamida, G-gavial.
1
2
3
4
5
Uyga vazifa:
Qushlarning xilma-xilligi. Qushlarning tashqi qoplag’ichlari mavzusini o’qing
|