74
umurtqali
hayvonlarning ajdodlari hozirgacha topilmagan. Lekin shunday bo`lsa ham
ko`pgina yirik zoolog olimlar qadimgi umurqali
hayvonlarning qazilma
qoldiqlarini tekshirib umurtqali hayvonlarni 2 ta bo`limga bo`lishadi: 1. Jag’sizlar
(Agnatha) bo`lim. 2. Jag’og’izlilar
(Gnathostomata)
bo`limi.
Jag’sizlar bo`limi o`z navbatida qalqonli maxluqlardan (baliqlarga o`xshash)
kelib chiqqan va ular silur davrida keng tarqalgan. Qalqonli maxluqlar o`z
navbatida qalqonsiz maxluqlardan kelib chiqqan, degan taxminlar bor.
Chunki
silur va devon davrlarida jag’sizlarning vakillari keng tarqalgan. Keyinchalik
ularning ko`pchiligi
qirilib ketib, faqatgina bitta shoxchasi baliqlarning terisi va
jabrasida parazitlik qilib yashab qolgan. Keyinchalik jag’sizlardan jag’og’izlilar,
ya`ni baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar
va
sutemizuvchilar
kelib chiqqan.
MURTAK
PARDASIZ
UMURQALILAR
(ANAMNIA)
GURUHI.
JAG’SIZLAR
(AGNATHA)
BO`LIMI. JAG’SIZLAR
(AGNATA)
KATTA
SINFI
To`garak og’zlilar sinfining umumiy tavsifi. To`garak og’zlilarning tashqi va ichki
tuzilishi,
ko`payishi, rivojlanishi.
To`garak og’izlilar sinfining sistematikasi,
ekologiyasi,
ahamiyati va kelib
chiqishi.
Jag’sizlar dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban
tuzilgan umurtqalilar hisoblanadi. Skeletida suyak to`qimasi
rivojlanmagan,
xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag’lari
bo`lmaydi. Miya qutisi va yuz skeleti tog’aydan tuzilgan. Og’zi so`ruvchi tipda va
to`garak shaklida. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqan. Halqumining
devorida 7-16 juft jabra yoriqlari bor. Jabra skeleti teri ostida joylashgan. Ichki
qulog’ida faqat ikkita, ayrim turlarida hatto bitta chala doira naylar bo`ladi. Burun
teshigi toq - bitta bo`ladi.
Jag’sizlar – eng qadimgi umurtqalilardir. Qadimgi
geologik davrlarda,
ayniqsa, silur davrida ular juda xilma-
xil va ko`p sonli bo`lgan. Qadimda jag’sizlar
dengizlarda yashagan. Hozirgi yashab turgan turlari esa dengizlarda ham va
chuchuk suvlarda ham tarqalgan.
Jag’sizlar katta sinfi ikkita sinfga bo`linadi: 1. Qalqondorlar (Ostracodermii)
sinfi. 2. To`garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi. Qalqondorlar
sinfi vakillari
devon davrining ikkinchi yarmida qirilib ketgan. Hozirgi davrgacha to`garak
og’zlilar sinfiga kiruvchi miksinlar va minoglar kenja sinflari vakillarigina
saqlanib qolgan.
http://fayllar.org