7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


 Fanning rivojlanish tarixi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
7 - maruza (4)

2. Fanning rivojlanish tarixi.
Umurtqali hayvonlar to’g’risidagi ma’lumotlar sharqning 
buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy asarlarida keltirilgan. U o’zining «Hindiston» (1030) 


97 
asarida bu o’lkada uchraydigan hayvonlar haqida yozib qoldirgan. Ayniqsa u delfinlarning 
tuzilishi, tovush orqali o’zaro aloqada bo’lishi, karkidonlar to’g’risida qiziq ma’lumotlar beradi. 
Umurtqali hayvonlar to’g’risidagi ma’lumotlar yurtdoshimiz Zaxiriddin Muhammad 
Boburning «Boburnoma» shox asarida ham keltirilgan. U Hindistonda yashovchi 60 dan ortiq 
hayvon turlari to’g’risida yozib, ularni yashash muhitiga binoan quruqlik, suv yaqinida va suvda 
yashovchi hayvonlarga ajratgan. 
XV-XVII asr solnomasi va ma’lumotlarida ko’p, ammo tarqoq axborotlar mavjud. 
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi haqida Buyuk Shimol ekspeditsiyasi (1733-1743 y.) ishlaridan 
shu ekspeditsiya a’zosi Stepan Krasheninnikovning «Описание земли Камчатки» kitobidan 
ancha to’liq va ilmiy ma’lumotlar topish mumkin. Shuni qayd qilish kerakki, K.Linney davr 
ahamiyatiga ega bo’lgan «Systema nature» (XII asosiy nashri, 1766 y.) kitobida Buyuk Shimol 
ekspeditsiyasining zoologiyaga doir materiallaridan keng foydalangan. 
Zoologiya fan sifatida XVIII asrdan boshlab Yevropada, Rossiyada yuzaga kela 
boshlagan. 1811 yilda Rossiya faunasi haqidagi birinchi axborot nashr etildi (Pallas P., 
Zoographia Rosso-Aziatica). Akademik A.F.Middendorfning (1815-1844 y.) umurtqalilar 
ekologiyasi va zoologiyasi haqidagi materiallarga ega bo’lgan «Sibirning shimoliga va sharqiga 
sayohat» (Путишествие на север и восток Сибири) nomli fundamental ishi katta ahamiyatga 
ega bo’ldi. 
Zoologiyada ekologik yo’nalishni rivojlantirishda Moskva universitetining professori 
K.F.Rule (1814-1858) ning xizmati katta. Uning shogirdi N.A.Severtsov (1827-1885) ustozi 
ishlarini Rossiyaning Yevropa qismidagi quruqlikda yashovchi umurtqalilar Turkiston 
zoologiyasi sohasidagi ishlarini davom ettirdi. 
Rus olimlaridan L.S.Berg (1876-1950) baliqlar, P.B.Terentev (1903-1970) amfibiya va 
reptiliyalar, G.P.Dementev (1898-1969) qushlar, S.I.Ognev (1886-1951) sut emizuvchilar 
sistematikasini rivojlantirishda xizmatlari katta bo’ldi. 
Professor D.N.Kashkarov (1879-1941), akademik S.S.Shvarts (1919-1976), professor 
N.P.Naumov tomonidan umurtqalilar ekologiyasining umumiy masalalari muvaffaqiyatli xal 
etilgan. Shu bilan bir qatorda Moskva universiteti professorlari B.M.Jitkov (1872-1943), 
A.N.Formozov (1899-1973), G.V.Nikolskiy (1910-1977) larning baliqlar, qushlar, sut 
emizuvchilar ekologiyasi soxasidagi ishlarini ham qayd qilib o’tish lozim. Bu olimlar 
epizootologik ahamiyatga ega bo’lgan ovlanadigan hayvonlar turiga alohida e’tibor berganlar. 
Nihoyat, akademik I.I.Shmalgauzen (1884-1963) va shogirdi A.N.Severtsovning (1866-
1936) qiyosiy anatomiya va fiziologiya soxasidagi ishlarini qayd etish joiz. Ularning 
umumbiologik g’oyalari hozirgi vaqtdagi keng ko’lamdagi ilmiy tekshirishlarda 
rivojlantirilmoqda. 
O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston hayvonlarini o’rganish sohasidagi maxsus tadqiqotlar 
XIX asrning ikkinchi yarmida N.A.Severtsov, A.P.Fedchenko va A.S.Berg nomlari bilan 
bog’liq. 
Umurtqali hayvonlarni o’rganish XX asrning yarmidan boshlab ayniqsa avj oldi. MGU 
(Moskva davlat universiteti) professori D.N.Kashkarov Toshkentda SAGU (O’rta Osiyo davlat 
universiteti) tashkil bo’lishi munosabati bilan bu yerda Umurtqali hayvonlar zoologiyasi 
kafedrasini ochdi va birinchi marta zoologiya va ekologiya fanlaridan ma’ruzalar o’qiy boshladi. 
Kashkarovni shogirdlari bo’lmish T.Z.Zohidov, R.N.Meklenburtsevlar shu kafedrani 
birinchi talabalari bo’lib, ular kelgusida O’zbekistonda zoologiya fanining taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo’shdilar. Bunga T.Z.Zohidovning o’zbek tilidagi «Zoologiya entsiklopediyasi», 
«Биоценозы пустыни Кизилкума» asari va R.N.Meklenburtsev bilan birgalikda yaratgan 2 
tomlik «Природа и животный мир Средней Азии» nomli asarlari misol bo’la oladi. 
O’zbekistonda umurtqali hayvonlarni o’rganish sohasida tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar 
Akademiyasining Zoologiya institutida, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardagi 
universitetlarning 
Zoologiya 
kafedralarida 
olib 
borilmoqda. 
Ornitologiya 
sohasida 
O.P.Bogdanov, D.N.Kashkarov, A.Q.Sagitov, E.Shernazarov, S.Baqoev keng miqyosda 
tadqiqotlar olib borishgan. 


98 
Sut emizuvchi hayvonlarni T.Z.Zohidov, O.P.Bogdanov, D.N.Kashkarov va boshqalar; 
sudralib yuruvchilarni T.Z.Zohidov, O.P.Bogdanov; baliqlarni G’.Komilov, M.O.Abdullaev, 
A.Osmonov va boshqalar o’rganishgan. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar asosida «O’rta Osiyo 
tabiati va hayvonot dunyosi», «O’zbekiston hayvonot dunyosi», «O’zbekiston hayvonlari», 
«O’zbekistonning noyob hayvonlari», «O’zbekiston qushlari» kabi yirik ilmiy asarlar va 
«O’zbekiston Qizil kitobi» yaratildi. 
Zoologiya fani fundamental fanlardan biri bo’lib, hozirgi kunda bizga ma’lum bo’lgan 
hamma fanlar bilan chambarchas bog’liq. Hayvonot olamini o’rganishda hozirgi kunda hamma 
fan yutuqlaridan to’liq foydalanilmoqda. 
Mustaqil o’qish uchun savollar: 
Xordali hayvonlarning umurtqalilar zoologiyasi fani sifatida o’qitilishi sababi. 
1. 
2. Umurtqali hayvonlarning foydasi va zarari. 
3. Umurtqali hayvonlarning Markaziy Osiyoda va O’zbekistonda o’rganilganlik holati. 


99 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin