B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
indikativ rejalashtirish

Foiz
– 
daromad, o’z mulkining boshqa jismoniy va huquqiy 
shaxslarga foydalanishga berish va shundan foyda olish. 
Foiz stavkasi
– kredit yoki qarz stavkasi kapitali evaziga to’lovni 
foiz ko’rsatkichi. Odatda, qarzga olingan pul belgisini bir birligiga to’g’ri 
keladigan yillik to’lovni aks ettiradi. 
Ideal
 
– bu erishilib bo’lmaydigan, lekin unga cheksiz ravishda 
yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil
– ijtimoiy-iqtisodiy haqiqatni har 
tomonlama o’rganishni, ijtimoiy munosabatlar va ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning ilg’or tendenstiyalarini va ularni takomillashtirish 
imkoniyatlarini aniqlash maqsadida hodisalarning ichki aloqalari va 
bog’liqligini bilishni o’zida namoyon etadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari
demografik, ilmiy-
texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, shuningdek tarmoq, mintaqaviy 
va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks 
ettiradi.
Ijtimoiy soha vazirliklari hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar
– 
rivojlanishning mos yo’nalishlari bo’yicha tahliliy va prognoz hujjatlarini 
tayyorlashni amalga oshiradi.
Ijtimoiy sug’urta
– aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy unsuri 
hisoblanib, uning maqsadi kasal bo’lish holatida va qariyalik davrida, 
baxtsiz hodisalar va ishlab chiqarish bo’yicha kasallanishlar, ishsizlik 
munosabati bilan insonning iqtisodiy himoyalanishini ta’minlashdan 
iborat. 
Ilmiy oldindan ko’ra bilish
– bu tabiat, jamiyat va tafakkur 
qonunlarini bilishga asoslangan haqiqatni oldindan aks ettirishdir.
Import
 

 
mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, 
kapitalini va texnologiyasini olib kelish. U xalq xo’jaligi, vaqtni tejash
xalq ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga 
ko’maklashadi. 
Investistiya 
– ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat 
yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital 
kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud. 
Indekslar
 – 
YaIM deflyatorlari – YaIM ko’rsatkichlarini solishtirma 
narxlarda aks ettirish uchun ishlatiladigan indekslar guruhi, bularga 
narxlarni agregat indeksi , YaIM deflyatori narxlari indeksi, iste’molchi 


181 
narxlar indeksi, shuningdek maxsus tashkil qilingan indekslar kiradi. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin