37
Shunday qilib, indikativ rejalashtirishni «legallashtirish» va uning
tarkibiy shaklining qaror topish evolyustiyasi respublikamizda xo’jalik
mexanizmini rivojlantirishning eng zarur yo’nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiy muammolar hal etilib, O’zbekiston iqtisodiyotini texnologik va
institustional
modernizastiyalash
nihoyasiga
etgach
indikativ
rejalashtirishning yanada erkin (strategik) shakliga o’tish zarur.
Rossiyada Sovet davlatining dastlabki
yillaridan boshlab mamlakat
miqyosida rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi organ – Butunittifoq
Xalq Xo’jaligi Kengashi (VSNX) uzoq istiqbolga mo’ljallangan GOELRO
rejasi iqtisodiyotni qayta tashkil etish va rivojlantirishning jahonda
dastlabki ilmiy istiqbolli yalpi reja bo’ldi.
1921 yilda yangi iqtisodiy siyosat (nep)ga o’tish bilan sobiq ittifoqda
Davlat reja qo’mitasi va joylarda tashkil etilgan reja organlari narx-navo
siyosati, soliqlarni yuritish, kreditlar va moddiy rag’batlar yordamida
ishlab chiqarish va pul muomalasiga faol ta’sir ko’rsata boshlashdi. Bu
davlatning markazlashtirilgan rejalashtirish imkoniyati
bozor iqtisodiyoti
unsurlari bilan uyg’unlashgan qisqa davr edi. Lekin asta-sekin
mamlakatda, kutilganidek, markazning rejalashtirishdagi roli kuchaydi.
Yillar bo’yicha bo’lingan besh yillik rejalarni tasdiqlash amaliyoti
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Rejalashtirish
dastlab kollektivlashtirish, so’ngra sanoatlashtirish vazifalarini hal etishga
yo’naltirildi, lekin umumiy maqsad xalq xo’jaligini rekonstrukstiya qilish
va insonlar turmushini qayta qurishdan iborat edi.
Ulug’ Vatan urushidan keyin sobiq ittifoqda rejalashtirishning
xususiyati
tubdan
o’zgardi:
mamlakatning
harbiy
salohiyatini
mustahkamlash manfaatlari yo’lida xalq xo’jaligi
ulushlarini tez va
sezilarli darajada o’zgartirish uchun zarur bo’lgan qat’iy tendenstiyalar
kuchaydi. Reja tizimi orqali davlat, birinchi galdagi vazifa – harbiy
qudratni mastahkamlash vazifasini hal etgan holda, resurslar cheklangan
sharoitda qisqa muddatlarda aholini
oziq-ovqat minimumi bilan
ta’minlashni tashkil etishga erishdi.
Urushdan keyingi yillarda rejalashtirishda, xalq xo’jaligini tiklash va
rivojlantirish vazifalari dastlabki o’ringa surilgan bo’lsada,
fan-texnika
taraqqiyoti masalalariga e’tibor kuchaytirildi.
Rejalashtirishdagi yangi bosqich mamlakatda faoliyatning asosiy
parametrlari bo’yicha buyruqbozlik boshqaruv saqlanib qolgan holda
joylarda tashabbus va mustaqillikning rolini oshirishga e’tibor qaratilgan
60-yillarning o’rtalaridan boshlandi. Bunday o’zgarishga obyektiv holatlar
sabab bo’ldi: jamiyatda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat darajasi
38
mamlakatni, shu jumladan iqtisodiyot sohasida
demokratlashtirishni talab
qildi. Joylarda tashabbusni kengaytirish va reja ko’rsatkichlarining
rag’batlantiruvchi rolini oshirishdan bir maqsad ko’zlandi – turli
mintaqalarda ishlovchi turli tarmoqlar korxonalari faoliyati sharoitining
o’ziga xos xususiyatlarini to’liqroq hisobga olish. Biroq rejalashtirishning
yangi tartibida hamon markazning etakchilik roli saqlanib qoldi.
Mamlakat xalq xo’jaligini rejalashtirishdagi murakkab davr jamiyat
rivojlanishining ob’ktiv qonunlari boshqarishning davlat mexanizmiga,
shu jumladan markazlashgan tarzda rejalashtirishga zid bo’lib qolgan 70-
yillarning oxiridan 80-yillarning o’rtasigacha kuzatildi. Jamiyatning ilg’or
qismi davlat hokimiyatini tubdan o’zgartirish zarurligini anglab etdi.
Sobiq
ittifoqda
davlat
tomonidan
rejalashtirish
ko’proq
prognozlashtirishga tayandi. Masalan, tabiiy resurslar, fan-texnika
taraqqiyoti, demografik va ijtimoiy siljishlar prognozlari asosida ishchi
kuchini to’ldirish, aholining turmush tarzi, ishlab chiqarish fondlari,
iqtisodiy o’sish sur’atlari, tarmoqlararo alohalarda tarkibiy o’zgarishlar,
ishlab chiqarish kuchlarni joylashtirishning iqtisodiy prognozlari tuzildi.
Korxona darajsida prognozlashtirish asosan genetik xususiyatga ega edi.
Rivojlanish tendenstiyalarini yaxshilash, masalan, yangi texnika va
texnologiyalarni qo’lashni
Dostları ilə paylaş: