2023-yil 7-son Tadqiqot Husn Nigorxonim asarda epizodik obraz sifatida gavdalansa ham o‘g‘lining otasi Ulug‘bekni o‘ldirib “padarkush”
nomini olganda ruhiy qiynoqqa tushganligi, Abdulatifdagi bu harakter irsiyat orqali kelgan va sut bilan o‘tgan illat
qarshisida onaizor hech narsa qila olmas edi. U faqat o‘g‘liga insof so‘rar edi. O‘g‘lini dardida Poyonda Sultonbegim
jiyani Yogdor Mirzoni Xuroson taxtiga voris qilishni xohlardi. O‘z Vatanini qoraquyinlilar qo‘liga topshirishga tayyor
edi. Bu yo‘lda u hech narsadan tap tortmadi. U Gavharshodbegimdan ham nufuzliroq malika bo‘lish orzusida
yurgan edi. Qilgan xiyonati tufayli jazoga loyiq ko‘rildi. Oqibatda o‘zini o‘zi xonaki hibsga hukm qildi.
Asarning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda tasvirlanayotgan tarixiy davr va sharoitda temuriyzodalarning
ma’naviy-axloqiy dunyoqarashiga kuchli ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ayollar badiiy tasvir doirasida gavdalanadi
va ma’lum darajada temuriylarning inqiroziga oid badiiy xulosa ham ayollar obrazlari vositasida bayon etiladi.
Shunday qilib, o‘zbek adabiyotida ayol obrazi o‘zining qadimiy tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan obrazlar sirasiga
kiradi. Ma’lum bo‘ladiki, badiiy adabiyotdagi ayol obrazi o‘z ishtiroki bilan ijtimoiy-ma’naviy hayotning eng muhim
masalalarini yuzaga chiqarishda, badiiy g‘oya asosini belgilab berishda muhim obrazlar sirasiga kirishi bilan
e’tiborlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.O‘zbekiston madaniyati gazetasi, 1988- yil, 27-yanvar soni
2. Fayziyev T .Temuriy malikalar. 1994
3. Qodirov P. Ona lochin vidosi. (Tarixiy roman). Toshkent. 2001.
4. Shermuhammedov I. Pirimqul Qodirov ( Adabiy portret). Toshkent, 1983
5. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. 1999.
Sabohat Bozorova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi “OT” KOMPONENTLI O‘ZBEK VA TURK MAQOLLARIDA