Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 115
w www.oriens.uz May 2021 kamayar ekan, bu o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlarning boyishiga salbiy ta’sir
etadi.
Biz ming yillar davomida shakllangan, odamlarning hayoti ichki dunyosidagi
mustahkam o‘rin olgan, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib
ketgan an’analarimizni, ota-bobolarimiz bizga qoldirgan olijanob qadriyatlarni,
g‘ururimizni ko‘taradigan, xalqimizni obro‘siga obro‘ qo‘shadigan insoniy odat va
fazilatlarni saqlash, asrab-avaylash va eng katta boylik sifatida yangi kelajak
avlodlarga etkazish zarur. Bugun yurtimizda qadriyatlarimizni qadrlaydigan, ezgu
an’analarga o‘z hayotiy mo‘ljalida muhim omil sifatida munosabatda bo‘ladigan
yoshlar ko‘p. Lekin hayoti va istiqbolida milliy qadriyatlarning o‘rnini biroz to‘g‘ri
tushunmaydigan yoki o‘zini undan xoli holda ko‘rib milliy madaniyatimizga
e’tiborsizroq bo‘lgan yoshlarimiz borligini ham hozircha inkor etolmaymiz.
XULOSA Barchamiz guvohmiz-bugun dunyo misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan keskin
o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda ko‘plab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh
avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan ma’naviy tahdidlar ham tobora xavfli
tus olmoqda. Ijtimoiy hayotni jamiyat tomonidan e’tirof etilgan qadriyatlarsiz
tasavvur qilish mushkul, ularsiz yashab bo‘lmaydi. Biroq qadriyatlarimizga qarshi
bo‘zg‘unchi g‘oyalar ya’ni: “shaxs erkinligi” ga qarshi oila va jamiyat oldidagi
yuksak ma’suliyatni: “individualizm”ga qarshi jamoaviylik, mahalladoshlikni,
“egotsentrizm”ga qarshi ota-ona, qarindosh-urug‘larni hurmat qilish, mehr-oqibatni,
“olomon madaniyatiga qarshi” milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash
orqali jamiyatimiz barqarorligiga tahdid soluvchi illatlarga qarshi ong-tafakkurda
mafkuraviy to‘siq qo‘yish darkor.
Bugungi erkin va ozod hayotning ma’nosi va qadr-qimmatini yoshlarning ongi
va qalbiga etkazishda birinchi navbatda ota-onalar, ustoz-murabbiylar mas’ul
bo‘lmog‘i kerak. Zero, Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday
orzu-niyat va o‘y-hayollar bilan yashamoqda, biz bunga loqayd va befarq
qaramasligimiz kerak. Ota-ona, ustoz-murabbiy, etakchi-rahbar sifatida bu jarayonni
chetdan turib kuzatishga haqqimiz yo‘q”
5
Bugungi kunda farzanlarimizning ma’naviy
olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda
5
Каримов И.А Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш-барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош
мақсадидир. Т.; 2008 8 02