13
Molimiz talandi, sharafimiz yemuruldi,
nomusimiz g‘asb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi.
To‘zimli turdik, sabr etdik,
kuchga tayangan har buyruqg‘a bo‘yunsunduk,
butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik.
Yolg‘iz bir fikrni bermaduk, yoshunturduk,
iymonlarimizga o‘rab saqladuk,
bu – Turkiston muxtoriyati!”
Mazkur turkumning yakuniy she'rida shoir ona yurtiga xitoban:
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdur?
Nomusmi, vijdon bila iymonmi kerakdur?
Temur bila Chingiz qoni toshdi tomurumda
Aytgil, Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdur?
deb murojaat qiladi.
Fitrat iste'dodli shoir. U o‘z ijodini she'r bilan boshlagan edi. Ne'matilla
Muhtaram yuqorida nomi zikr etilgan tazkirasida uning «Mijmar» (xushbo‘y ud
yoqiladigan cho‘g‘don) taxallusi bilan she'rlar yozganini xabar qiladi.
«Suxandonlarning harifi» (pahlavoni) deb ta'rif etadi. Ota kasbiga ishora qilib,
«Sarrof» (zarshunos) ataydi. Ruhiy holatni g‘oyat nozik
ifoda etgan tojikcha bir
g‘azalini namuna qilib keltiradi.
“1911-yilda Istanbulda chop etilgan «Sayha» («Bong») she'riy to‘plami
Vatan haqida edi. Shoir uning dardi nihoyasizligidan, jarohatlari halokatli
ekanligidan dod soldi. Unga mehru muhabbatini hayqirib aytdi. U bilan iftixor etdi.
Uni har narsadan muqaddas tutdi. Uni «sajdagoh», «qiblagoh» bildi, «izzu sharafi»
atadi. U uchun baxt va najot qidirdi. Mana, she'rning eng ta'sirli satrlari”
11
:
Binmo, sahari azmi tavofi Vatani man,
Oh-oh, chi Vatan, sajdagohi jonu tani man.
Ham mohi manu osoyishi, izzu sharafi man,
11
Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маърифат, фидойилик.Т.: Маънавият, 2002, 75-
бет.
14
Ham Ka'bai man, qiblai man, ham chamani man.
(Mazmuni: Vatanimni ziyorat qilmoqqa erta tongda kel.
Hay-hay qanday
Vatan bu! U – mening sajdagohim, jonu tanimdir. U mening osmondagi oyim,
osoyishim, izzatim, sharafim. Ka'bam, qiblam va chamanimdir).
“Sayha”ga kirgan she'rlardan biri shunday boshlanar edi.
Bu o‘tli she'rlar 1914-yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida bosildi. Fayzulla
Xo‘jaev o‘zining Buxoro inqilobi tarixiga bag‘ishlangan kitobida bu haqda
shunday yozgani edi: “Vatanparvarlik she'rlari to‘plami bo‘lgan” «Sayha»ni
o‘qigan kishilarni
Buxoro hukumatigina emas, rus hukumati ham ta'qib qila
boshladi. Chunki bu she'rlarda Buxoro mustaqilligi g‘oyasi birinchi marta juda
yorqin, ta'sirchan bir shaklda ifodalab berildi...
12
20-yillarda yozgan «Mirrix yulduziga», «Sharq», «Behbudiyning sag‘anasini
izladim» kabi she'rlarida «inqilob» nomi bilan tarixga kirgan fojianing qonli
izlaridan so‘z ochdi.
Turkistonda 1917-yil Fevral, Oktyabr o‘zgarishlari milliy mustaqillik
masalasida hech narsa bermadi. Bu yo‘ldagi urinishlar (masalan,
Turkiston
muxtoriyati) shafqatsiz zarbaga uchradi. Oqibat shu bo‘ldiki, birinchidan
Turkistonning mahalliy tub joy xalqiga o‘z taqdirini o‘zi hal qilishga yo‘l
qo‘yilmadi.
Ikkinchidan,
hokimiyat
unga
tegmadi.
Hokimiyat
chor
mustamlakachilaridan sovet mustamlakachilari qo‘liga o‘tdi. Eng yomoni,
bularning hammasi mahalliy xalq – ishchi-dehqonlar nomi bilan qilindi. Targ‘ibot
mashinasi ishga tushirilib, tenglik,
erkinlik, baxt-saodat haqida quloqlarga quyila
boshlandi. Oktyabr sarhad olinib, tarix qoq ikkiga bo‘lib tashlandi: undan oldini –
qop-qora, keyini – oppoq.
1920-yilgi Buxoro inqilobi-chi? To‘g‘ri, Fitrat u paytda Buxoroda yo‘q edi.
Lekin 1921-yilda Buxorodagi mehmonxonasida Cho‘lpon sharafiga berilgan
ziyofatda Sharifjon qozining
13
haqli e'tirozlariga javoban: «Axir
biz bunaqa
12
Қаранг: Файзулла Хўжаев. Бухородаги инқилоб ва Ўрта Осиёнинг миллий
чегараланишига доир. Танланган асарлар. Уч томлик, 1-том. Т., Т.1978, 98-99-бетлар.
13
Профессор Бегали Қосимовнинг фикрича, Бухоронинг тараққийпарвар кишиларидан,
қозикалон ҳам бўлган. 1918- йилда амир қамоққа олган эди.
15
inqilobni istagan emasmiz, taqsir!» — deydi, va bu gap mash'um 37-yilda
jiddiy
ayblovlardan bo‘lib ishga tirkaladi.
1922-yilda bosilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamidagi «Mirrix
yulduziga» she'rida shoir yulduz bilan sirlashadi. yerdagi tubanliklar, xo‘rliklardan
so‘z ochadi. Ular timsolida asllikning buzilishini, tabiiy go‘zallikning,
mukammallikning poymol bo‘lishini ko‘radi. Ikkinchidan, she'rning “Mirrix
yulduziga” deb atalishida ham chuqur ma'no bor. Ma'lumki, Mirrix yulduzini
Bahrom ham deb yuritiladi. Mars yulduzining sharqcha nomlanishi.
U qadim
astrologiya (ilmi nujum)ga ko‘ra jangu jadallar, urushlar ramzi. Binobarin,
she'rning nomiyoq mamlakatdagi notinchlik, g‘avg‘o-to‘polonlarni
anglatib
turibdi. Fitrat har bir so‘z, har bir timsol zamiriga katta ma'nolarni yuklay olgan
ijodkor edi.
Shoir yulduzga murojaat etib:
Dostları ilə paylaş: