346
14-BOB.
O‘Q OTILISHI HODISALARI.
O‘Q OTILISHINING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA IZLARI
1-§. O‘q otilishi hodisalari
O‘qotar qurollarga nisbatan o‘q otilishi hodisalariga porox
zaradining tez yonishi va buning natijasida hosil bo‘lgan gaz bosimining
vujudga kelishi, porox gazlari energiyasining otilgan snaryadning kinetik
energiyasiga aylanishi tashkil qiladigan murakkab fizikaviy–kimyoviy
jarayon sifatida qaraladi.
O‘q otilishida patron va qurol stvoli kanalining ichida sodir
bo‘ladigan jarayonlar
ichki ballistikaning
,
otilgan snaryadning qurol
stvoli kanalidan chiqib to‘siq (nishon, obyekt) bilan birlamchi
uchrashishigacha bo‘lgan harakatlari
tashqi ballistikaning
o‘rganish
obyekti hisoblanadi. Sud–tibbiyot ballistikasi doirasida ishlab chiqilgan,
otilgan snaryadning biologik obyekt ichidagi harakati va
ushbu biologik
obyekt bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlari esa
⎯
jarohatlar ballistikasi
deb nomlangan yangi ta’limotning obyekti hisoblanadi.
O‘q otilishi hodisalari muayyan qonuniyatlardan iborat davriy
xususiyatga ega. Ushbu hodisalar jarayonida quyidagilar kuzatiladi
1
.
Boyok (urgich)ning patron kapsyuliga urilishida, kapsyulning
ezilishi va uning ichidagi yondiruvchi tarkibning portlashi yuz beradi
(Porox zaradini issiqlik ta’sirida yonib ketishi bilan yuz beradigan o‘q
otilish, masalan, qo‘lbola «podjig»lardan o‘q otilishi jarayonlari ancha
soddaroq bo‘ladi). Kapsyul ichidagi yondiruvchi tarkibning portlashi
natijasida birlamchi zarb to‘lqini
vujudga keladi, ushbu zarb to‘lqini
stvol kanalidagi o‘qdan oldinda joylashgan havo ustuni bo‘ylab tarqaladi
va stvol og‘ziga yetib borib, sferik shaklga ega bo‘ladi. Uning tezligi
tovush tezligiga teng bo‘ladi.
Kapsyuldagi yondiruvchi tarkibning portlashida hosil bo‘lgan olov
uchquni gilza tubidagi yondirish teshiklaridan o‘tib patron gilzasi
ichidagi porox zaradining yonishiga sabab bo‘ladi. Poroxning
termik
parchalanishi tez kengayadigan gazlar haroratining keskin ortishi
sharoitlarida, sekundning mingdan bir ulushlarida yuz beradi.
Bunda
gazlarning harorati 3000
⎯
3500
º S
gacha, gaz bosimi esa
⎯
400–500
Mpa (
megapaskal
)gacha ko‘tariladi.
1
Misol tariqasida narezli o‘qotar quroldan o‘q otilishi jarayonlari ko‘rib
chiqilgan.
347
Bu kabi ortiqcha bosim porox gazlarining ishqalanishi va
snaryadning qarshiligi bilan ta’minlanadi. Poroxning termik
parchalanishi dastlab patron gilzasining yopiq korpusi (kichikroq yopiq
hajm)da, keyinchalik esa snaryadning qurol stvoli kanalidagi harakati
jarayonida
⎯
doimiy ortib boruvchi bosimdagi kattalashib boruvchi
hajm ichida yuz beradi.
Porox yonganidan so‘ng, porox gazlarining
bir qismi qurol stvoli
kanali devorlari bilan o‘z harakatini boshlayotgan snaryad orasidan
chiqib ketadi va o‘qdan oldinda turgan havo ustunining chetki sohalari
bilan aralashib, uni oldiga itaradi. Ushbu gaz va havoning
aralashmasi
o‘z navbatida ikkilamchi zarb to‘lqinini hosil qiladi.
Harakatlanayotgan snaryad o‘zidan oldinda turgan havo ustunini
oldinga itaradi. Bunda, tezligi katta bo‘lgan siqilgan havoning ustuni
ham uchinchi zarb to‘lqinini hosil qiladi.
Ushbu zarb to‘lqinlari birlamchi zarb to‘lqinini tezda quvib yetadi va
keyinchalik birgalikda harakat qila boshlaydi.
Shundan so‘ng, qurol
stvoli kanalidan snaryad, undan keyin esa
⎯
benihoya qizib ketgan porox gazlarining asosiy qismi otilib chiqib
ketadi. xuddi snaryad kabi, qurol stvoli kanalidan chiqayotgan porox
gazlari ham o‘zining xususiy zarb to‘lqinini hosil qiladi, ular keyinchalik
dastlabki zarb to‘lqinlari bilan qo‘shilib ketadi.
Qurol stvoli og‘zidan chiqayotgan va qizigan porox gazlari, qurol
stvoli og‘zidan chiqqanidan so‘ng, kislorod bilan
reaksiyaga kirishadi va
stvol og‘zi olovini hosil qiladi. Porox gazlari harorati (3000
⎯
3500
Dostları ilə paylaş: