125
termoretseptor-larning ko'p qismi terida joylashgan. Ichki a'zolar va markaziy asab
tizimida ham shunday rctseptorlar bor.
Xemoretseptorlar - kimyoviy omillar ta'siriga sezgir. Ular ta'm va hid sezuvchi
sensor tizim-larning chel qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi retseptorlar qon tomirlar
ti/imining turli qis-miarida va ba'zi to'qimalarda ham uchraydi.
Fotoretseptorlar- nur energiyasini qabu) qiladi. bu retscpioclar yorug'lik
energiyasini ajra-tish va rang ko'rish imkonini beradi.
Og'riq (nosiseptiv) retseptorlari og'riqni paydo qiluvchi ta'sirollarni qabul qiladi. bu
sezgi orga-nizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o'ta ta'sir qilganda paydo
bo'ladi
Bosh miya po'stlog'ida sezgi a'zolari markazlarining joylashuvi:
1-hid bilish markazi bosh miya po'stlog'i chakka qismining oldingi yuqori sohasida;
2-ko'ruv markazi ensa sohasida;
3-eshituv markazi bosh miya po'stlog'i chakka qismining pastki sohasida;
4-ta'm bilish markazi bosh miya po'stlog'i chekka qismining yuqori o'rta sohasida;
5-barmoqlar terisidagi paypaslash markazlari bosh miya po'stlog'i tepa qismining
o'rta sohasida.
6.Elektroretseptorlar - elektromagnit lo'lqinlariga sezgir bo'lib, baliqlar va ba'/.i
amt'ibiylarning yon chizig'ida topilgan. Bularga elektrik energiyasini sezuvchi
a'zolarining retseptorlari kiradi.
A.S.Batuyev va G.A.Kulikov (1983) fikrlariga ko'ra, ba'/.i rctseptorlarda
ta'sirlovchi energiyasining asab impulsiga aylanishi shu retseptorning neyron
o'sitmasida sodir bo'ladi. Bu birlamchi retseptor sensor neyronning periferiyadagi
dendrit qismidir. Bu neyronning aksoni esa markaziy asab tizimiga o'tib, hid sezish,
taktil va proprioretseptorlarning birlamchi retseptorlarini hosil qiladi. Ikkilamchi
retseptorlar va sensor neyron ustunlari o'rtasida qo'/g'atuvchi va tormozlanuvchi
sinapslar joylashgan. Retseptor neyronlarda hosil bo'ladigan asab impulslarini bu
sinapslar orqali sensor (sezuvchi) neyronga o'tka/adi. Natijada sensor neyronni tashqi
ta'sirot bilan bevosita emas, balki ixtisoslashgan retseptor ncyroni orqali qo'zg'atadi.
Ta'm sezuv, ko'ruv, eshituv, vestibular apparat retseptorlari ikkilamchi retseptorlarga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: