Eshituv sezgilarining paydo bo'lishi Eshituv sezgilari havo to'lqinlarining nog'ora pardasiga urilishi natijasida kelib
chiqadi. Havoning tehranishi tashqi eshituv yo'llari orqali nog'ora pardasiga borib, uni
tebrantiradi. Nog'ora pardasining tebranishi eshituv suyakchalarida takrorlanadi va
uzangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi pardaga o'tadi.
Perilimfa esa tebranib endolimfaning tebranishiga sabab bo'ladi. Endolimfa tebranar
ekan, Kortiy ii'/osidagi tuklarni tebrantiradi va shu bilan eshituv asabining oxirlarini
•. o'/g'aydi. Eshituv asabining relseptorlarida kelib chiqqan qo'zg'alish bosh niva
po'stlog'iga eshituv analizatorining miyadagi mintaqasiga (ul, u2So'nggi yillarda bar
xil tezlikdagi tovushlarni sezish haqida yangi ma'lumotlar olinadi. Masalan, past
tezlikdagi tovush tebranishlari chi anoq kanallarining jami perilimfasini tebrantiradi.
Bu tebranishlar
z navbatida asosiy membrananing tebranma hakatlariga sabab
bo'ladi. Asosiy membrana bilan birgalikda sezuvchi hujayralarning barcha tolachalari
ham tebranadi. Ular tebranganda ro'y beruvchi o'zgarishlar qo'zg'alishni vujudga
keltiradi, bu qo'zg'alish eshituv asabi orqali bosh miyaning tegishli markazlariga
boradi.
Past tovush tebranishlari perilimfaning hammasini emas, faqat bir qismini tebranma
harakatga keltiradi. Natijada asosiy membrananing tebranishlari ham kichkina joy
bilan cheklanib, tolalachalarning faqat bir qismida qo'zg'alish vujudga keladi. Asosiy
membrananing tebranadigan qismlarining kattaligiga va qayerda ekanligiga qarab,
har xil tezlikdagi tovushlar seziladi.
Odam qulog'ining tovushni sezadigan muayyan chegaralari bor. Boshqacha aytganda,
havo bir soniyaga 16 martadan 20000 martagacha tebranganda odam qulog'i buni
sezadi. Eshituvning yuqori chegarasi yosh ulg'aygan sayin o'zgaradi. Odam qancha
keksa bo'lsa, qulog'i shuncha kam tebranishni sezadi. Odam 35 yoshda havoning ko'p
deganda 15000 marta tebranishini, 50 yoshida esa hatto 13000 marta tebranishini
seza oladi.
Hayvonlarda eshituv chegaralari odamdagidan xiyla katta bo'ladi. Masalan, it bir
soniyada 35000 tebranishni eshitadi, odam esa buncha tebranishni mutloqo
130
eshitmaydi. Shu xususiyat borligidan odam tamomila tinch deb hisoblaydigan
joylarda ham it tovushni eshitadi. It shu xususiyati borligidan soqchilik xizmati uchun
juda qimmatli hayvon hisolanadi.