E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Ko'zning optik tizimi 
Ko'zga kiradigan yorug'lik nurlari to'r pardaga tushishdan oldin nur sindiruvchi bir 
necha yuzalar - shox parda,gavhar va shishasimon tananing oldingi va orqa 
yuzalaridan o'tadi. Nurlarning o'tadigan yo'H shox parda, gavhar va shishasimon tana 
yuzasining nur sindirish ko'rsatkichlariga va egrili kradiuslariga bog'liq. Ko'z optik 


132 
tizimining nur sindiruvchi kuchini dioptriya (D) - fokus masofasi 100 sm bo'lgan 
linzaning nur sindiruvchi kuchidir. Nur sindiruvchi kuch oshganda fokus masofasi 
kamayadi. Fokus masofasi 50 sm bo'lganda linzaning nur sindiruvchi kuchi 2 D ga, 
fokus masofasi 25 sm bo'lganda nur sindiruvchi kuch 4 D ga teng va hokazo. 
Uzoqdagi narsalarga qaraganda ko'z optik tizimining nur sindiruvchi kuchi umuman 
59 D chamasida bo'ladi. Shox pardaning nur sindiruvchi kuchi 43*0,5D, gavharning 
nur sindiruvchi kuchi uzoqdagi narsalarga qaraganda 19*1 ID va yaqindagi 
narsalarga qaraganda esa 33*0,6 ga teng. 
Ko'z akkomodatsiyasi 
Odam ko'zidan uzoqdagi va yaqindagi narsalami bir xilda ravshan ko'ra olmaydi. 
Narsani yaxshi ko'rish uchun o'sha narsadan sochiluvchi yorug'lik nurlari to'r pardada 
to'planishi kerak. Yorug'lik nurlari to'r pardaga tushgandagina narsaning ravshan 
ta'sirini ko'ramiz. Ko'zning uzoq-yaqin turgan narsalarni ravshan. ko'rishga 
moslashuvi akkomodatsiya deb ataladi. Agar uzoqdagi narsa ko'zga sekin-asta 
yaqinlashtirilsa, 65-70 m masofada akkomodatsiya boshlanadi. Narsa ko'zga yana 
yaqinlashtirilgan sayin akkomodatsiya kuchi oshadi va 10 sm masofada tugab qoladi. 
Shunday qilib, yaqindan ko'rish nuqtasi 10 sm masofada bo'ladi. Yosh ulg'aygan 
sayin gavharning elastikligi asta-sekin kamayadi, binobarin, akkomodatsiya qobiiiyati 
ham o'zgaradi. Yaqindan ravshan ko'rish nuqtasi 
mushaklarida qorachiqni o'rab turuvchi mushak tolalarning ikki turi bor: bir-turi 
halqasimon mushaklar ko'zni harakatlantiruvchi asabning adashgan (sayyor) 
tolalaridan innervatsiya oladi, ikkinchisi csa-radial mushaklar simpatik asablardan 
innervasiyalanadi. 
Halqasimon mushaklar qisqarganda qorachiq torayadi, radial mushaklar qisqarganda 
esa, qorachiq kengayadi. Shunga o'xshab, adrenalin qorachiqni kengaytiradi, 
atsetilxolin bilan ezerin esa, qorachiqni toraytiradi. 
Qorachiqlar asfiksiya (bo'g'ilish) da ham kengayadi. Shu sababli chuqur narkozda 
qorachiqlarning kengayishi asfiksiya boshlanayotganini ko'rsatadi va narkozni 
kamaytirish zarurligi paydo bo'ladi. 
Sog'lom odamning ikkala ko'z qorachig'i bir xilda kengaygan yoki toraygan bo'ladi. 
Bir ko'zga yorug' tushirilganda ikkinchi ko'z qorachig'i ham torayadi; bunday 
reaksiya hamjihatlik reaksiyasi deb ataladi. Ba'zan ikkala ko'z qorachiqlari katta-
kichik bo'ladi (anizatropiya). Bir tomondagi simpatik asabning zararlanishi natijasida 
qorachiq torayadi (mioz) va ayni vaqtda ko'z yorig'i ham torayadi (Gorner simptomi). 
Ko'zni harakatlantiruvchi asabning falaj bo'lishi natijasida bir qorachig'i kengayishi 
mumkin (midriaz). 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin