E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Daltonizm (rang ko'rlik) 


136 
Odamda ko'zning muayyan bir nuqsoni bor, bu ranglarni qisman yoki tamomila 
sezmaydigan bo'lib qolishdir (rang ko'rlik). Bunday nuqson (daltonizm) yoki rang 
ajratolmaslik ham deyiladi. Bunday kasallikka uchragan kishi hyech qanday kasallik 
belgisini sezmaydi. Uning ko'ziga hamma narsa faqat bir tusda - kul rang bo'lib" 
ko'rinadi. Daltonizmni birinchi marta ingliz kimypgari Dalton aniqlagan, shuni uchun 
bu kasallikka shunday nom berilgan. 
Daltoniklar odatda qizil va yashil ranglarni ajratmaydilar. Daltonizm ancha tarqalgan 
kasallikdir. Erkaklarning taxminan 8% va ayollarning 0,5% bu kasallikka mubtalodir. 
Rang ajratolmaslikning ikki turi-protanopiya va deyteranopiya ko'proq uchraydi. 
Aslida qizil rangni ajratolmaydigan kishilar - protanoplarni daltoniklar deb atashadi, 
ularning nazarida spektr qizil tomondan qisqargan, to'lqin uzunligi 490 mmk bo'lgan 
qismi (ko'k-havo rang nurlar) esa rangsiz tuyuladi. 
Yashil rangni ajrata olmaydigan kishilar-deyteranoplar yashil ranglarni to'qqizil, kul 
rang, sariq ranglarga aralashtirib yuborishadi; havo rangni binafsha rangdan ajratisha 
olmaydi. Ularning nazarida spektr qisqargan emas, balki rangsiz nuqta spektrning 
qizil tomoniga yaqin bo'ladi (500 mmk ga yaqin). 
Binafsha rangni ajrata olmaydigan kishilar-tritanoplarga spektr binafsha tomonidan 
qisqargan tuyuladi. Lekin tritanopiya kam uchraydi. 
Tamomila rang ajrata olmaslik ham uchraydi, bunda narsalar xuddi rangsiz rasmga 
o'xshaydi. E.Gering nazariyasi daltonizmni to'r pardada tegishli modda yo'qligi'bilan 
izohlaydi, ammo uning turlari - protanopiya va deyteranopiyani tushuntirib bera 
olmaydi. Yung-Gelmgols nazariyasiga muoffiq, rang ko'rlik hodisalari qizil, yashil 
yoki binafsha rangga reaksiya ko'rsatadigan tegishli elementlar to'r pardada yo'qligi 
bilan izohlanadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin