133
Uchinchi neyron neyrit (akson) lardan iborat ko'ruv asabini hosil qiladi, u ko'zning
orqa qismidan chiqadi va ko'ruv yo'lini hosil qilib, tizzasimon tanachaga boradi. To'r
pardaning yorug'ni eng yaxshi sezuvchi qismi-sariq dog'
deyiladi, u ko'zning orqa
qutbida joylashgan. Sariq dog'ning o'rtasi bir oz chuqurlashgan bo'lib, u markaziy
chuqurcha deyiladi. Ko'zning oldingi qutbi bilan markaziy chuqurcha orasidagi chiziq
ko'zning optik o'qi deyiladi. Ko'zning optik moslamalariga shox parda, oldingi
kamera suyuqligi, ko'z gavhari va shishasimon tana kiradi.
Ko'rish asabining ko'z soqqasidan boshlanadigan qismi ko'r dog' deyiladi. To'r
pardaning bu qismida yorug'ni sezuvchi retseptorlar bo'lmaydi. Bu yerdan to'r pardani
oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlovchi g'on tomirlari o'tadi.
To'r pardaning eng tashqi qavati
pigmentli epiteliydan tuzilgan, unda fuksin degan
pigment bor. Bu pigmet, fotoapparat ichki devorlarining qora rangiga o'xshash
yorug'likni yutib, uning qaytishiga va sochilishiga to'sqinlik qiladi va shu bilan ko'ruv
sezgisining ravshan chiqishiga imkon beradi.
Ba'zi tungi hayvonlarda fotoretseptorlar bilan pigment hujayralar o'rtasida yorug'likni
aks ettiruvchi qavat bor, bu qavat maxsus kristallardan yoki iplardan tuzilgan.
Ulardan yorug'lik qaytishi tungi hayvonlar ko'zining tashqi yorug'da nur sochishiga
sabab bo'ladi. Yorug'likni qaytaradigan qavat borligidan tikka yorug'lik nurlarigina
emas, qaytgan yorug'lik nurlari ham fotoretseptorlarga ta'sir etadi, bu esa yorug'lik
kam sharoitda yorug'lik se/ish imkoniyatini oshiradi.
Fotoretseptorlar hujayralar qavatidan ichkari tomonda bipolyar neyronlar qavati bor,
bu ncyronlarga ichkari tomondan ganglionar asab hujayralari qavati taqalib turadi.
Tayoqcha va kolbachalar tashqi qavatda yotganligi, ganglionar hujayralar esa to'r
pardaning ichki (shishasimon tanaga taqalib turgan) qavatini
hosil qilganligi uchun
yorug'lik shishasimon tana orqali to'r pardaga tushganda fotoretseptorlarga yetishdan
oldin to'r pardaning hamma qavatlaridan o'tishi kerak.
Ganglionar neyronlarning o'siqlari ko'ruv asabining tolalarini tashkil etadi. Shunday
qilib, yorug'Hk ta'sirida fotoretseptorlarda vujudga kelgan qo'zg'alish ikkita asab
hujayrasi - bipolyar va ganglionar neyronlar orqali ko'ruv asabining tolalariga o'tadi.
Ana shu asablarining oxirlarida sinapslar hosil bo'ladi. Bu sinapslarda xolinesteraza
bor, shuning uchun bir neyrondan ikkinchi neyronga impulslar о Uganda atsetilxolin
ajralib chiqadi. Bir ganglionar neyronga birlashgan fotoretseptorlar ganglionar
neyronning retseptiv maydoni hosil qiladi. turli ganglionar hujayralarning retseptor
maydonlari bir-birini yopib o'tadi va o'/aro bog'lanadi. Buning asosiy sababi shuki,
to'r pardada gorizontal (yulduzsimon) va amakrin neyronlar bor.ulardan
tarmoqlanuvchi o'siqlar chiqadi, bu o'siqlar bipolyar
va ganglionar hujayralarni
birlashtiradi. Shu sababli bitta ganglionar hujayra bir necha o'ng ming fotoretseptorlar
bilan bog'lanishi mumkin.
Markazga intiluvchi tolalardan tashqari, ko'zda markazdan qochuvchi asab tolalari
ham topilgan, bu tolalar markaziy asab tizimidan ko'z to'r pardasiga impuls olib
keladi. Markaziy asab tizimi to'r parda neyronlari o'rtasidagi sinapslarning
o'tkazuvchanligini o'sha (markazdan qochuvchi) tolalar yordamida o'zgartira oladi va
qo'zg'alish jarayoniga tortilgan neyronlar sonini shu tariqa boshqara oladi, deb
hisoblashadi. To'r pardadagi markazdan qochuvchi asab
tolalarining ikkinchi tipi-
tomir harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Markaziy asab tizimi to'r parda
tomirlarining diametrini shu tolalar yordamida o'zgartira oladi. To'r pardaning o'ziga
134
xos murakkab asab apparati ko'ruv axborotini tahlil qilish va qayta ishlab chiqishda
qatnashadi. Ko'z to'r pardasi fotoretseptorlar joylashgan anchayin bir joy emas; u
markaziy asab tizimining go'yo periferiyaga chiqarib qo'yilgan bir qismi hamdir.
Tayoqcha va kolbachalarning turli funksiyalari haqidagi tasavvurga ikki yoqlama
nazariya bo'lgan. Bu nazariyani tasdiqlaydigan bir talay dalillar mavjud. MUsalan,
tungi hayvonlar - boyqush va ko'rshapalak to'r pardasida tayoqchalar ko'proq bo'lsa,
kunduzgi hayvonlar - kaptar, tovuq, kaltakesak ko'zining to'r pardasida kolbachalar
ortiqroq. Tayoqchalarning sezuvchanligiga nisbatan kolbachalar sezuvchanligi ko'p
marta kam. Shu sababli g'ira-shirada "qosh qoraygan" vaqtda to'r parda markazidagi
kolbachalar bilan ko'rish
keskin darajada susayib, to'r parda periferiyasidagi
tayoqchalar bilan ko'rish ustun turadi. Tayoqchalar ranglarni sezmagani uchun g'ira-
shirada odam ranglarning farqiga bormaydi ("tunda mushuklarning hammasi ham kul
rang bo'ladi"-degan ibora shundan kelib chiqqan).
Tayoqchalar funksiyasi buzilganda (masalan, ovqatda vitamin A yetishmaganda
shunday bo'ladi) g'ira-shirada ko'rish funksiyasi buziladishabko'rlik kelib chiqadi;
bunday odam kunduzi bemalol ko'radi-yu, qosh qorayganda ko'zi
hyech narsani
ko'rmaydi. Kolbachalar zararlanganda esa, aksincha, yoruqqa qarab bo'lmaydi-
bunday odam xira yorug'da yaxshi ko'radi-yu, ravshan yorug'da ko'zi hyech narsani
ko'rmaydi. Bu holda ranglarni mutloqo ko'rmaslik - axromaziya kelib chiqadi.
XX asrning 80-yillarida hayvonlar ko'zining to'r pardasida yorug'likka sezgir
pigmentlar kashf etilgan va bu moddalar yorug'da rangsizlanib qoli-shi ko'rsatib
berilgan edi. Ammo, bu pigmentlarning eng ko'p uchraydigan vakili rodopsin avval
Yu.A.Ovchinnikov (1982 yilda), keyinchalik amerika olimlari (D.Xoggnes,
Dj.Natans,1989) tomonidan mukammalroq o'rganib chiqildi.
Ularning fikriga ko'ra, to'r parda fotoretseptorlari membranasi fotolipidlardan tuzilgan
bo'lib, fosfatidilxolin (40%), fosfatidiletanolarnin (38%) va fosfatidilserin (13%) ni
tashkil etadi. Fotoretseptorlardagi taxminan 95% oqsillar tarkibi rodopsinning
pigmenti tarkibiga mos keladi. rodopsinning polipeptid zanjiri 348 aminokislotadan
tarkib topgan.
Rodopsin vitamin A aldegidi-retinen va opsin oqsilidan tarkib tcpgan yuksak
molekulali birikmalardir. Yorug'lik ta'sirida rodopsin bir qancha kimyoviy
o'zgarishlarga uchraydi. Retinen yorug'likni yutib, o'zining
geometrik izomeriga
o'tadi. Bu izomerning xarakterli belgisi shuki, uning yon zanjiri to'g'rilanib, retinen
bilan opsin o'rtasidagi aloqa uziladi. Ayni vaqtda avval ba'zi oraliq moddalar-bato
rodopsin, lumirodopsin va metarodopsin hosil bo'ladi, so'ngra opsin va trans-retinal
va vitamin A hosil bo'ladi.
To'r pardadagi fotokimyoviy jarayonlar g'oyat tejamli bo'ladi, ya'ni hatto juda ravshan
yorug' ta'sir etganda ham tayoqchalardagi rodopsinning faqat ozgina qismi
parchalanadi. Masalan, G.Uold ma'lumotlariga
qaraganda, 100 lyuks intcnsivlikdagi
yorug'lik ta'sir etganda 5 soniyadan keyin har bir tayoqchadagi 18 mln. rodopsin
molekulasidan atigi 1200 t^.si parchalanadi, ya'ni ko'ruv purpurining qariyb
0,005%>i yemiriladi.
K ruv pigmenti (rodopsin) ning yoru lik yutishi va parchalanishi unga ta'sir etuvchi
yoru lik nurlarining to'lg'in uzunligiga bo liq. Odam ko'zining to'r pardasidan
ajralib chiqadigan rodopsin to'lqin uzunligi qariyb 500 mmk bo'lgan yorug'lik
nurlarini, ya'ni, spektrning yashil qismidagi nurlarni maksimal darajada yutadi.