E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
 
Retseptorlarning qo'zg'alish mexanizmi 
Hamma sensor tizimlar qo'zg'aluvchan bo'ladi. Retseptorlar ta'sirlanganda ularda 
ta'sirlovchi va retseptor tuzilmasining o'rtasidagi yordamchi tuzilmalarida asab 
impulslari paydo bo'ladi. Yordamchi tuzilmalar orqali ta'sirot kuchi (energiyasi) asab 
impulslarga aylanadi, bu transformasiya deyiladi. Yordamchi tuzilma orqali tashqi 
ta'sirot reseptiv a'/.ogacha yetib borib, uning xarakteri (modalligi) aniqlanadi. Bu 
molekular darajada o'tadigan ta'sirot bilan retseptor o'rtasidagi birinchi o'zaro 
ta'sirlanish bosqichi deyiladi. 
Retseptor tomonidan ta'sirlovchini qabul qilib olish jarayoni (signalni lopish) uning 
biologik ahamiyatini aniqlash natijasida membrana o'tkazuvchanligi keskin o'zgaradi. 
Bu retseptor faoliyatining ikkinchi bosqichi deyiladi. Bu davr davomida membrana 
orqali Na* ionlarining o'tkazuvchanligi ortib, mahalliy elektrik potensiali hosil 


126 
bo'ladi, buning natijasida hosil bo'ladigan potensial retseptor potensiali deb ataladi. 
Та'sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko'rsatishiga va hajmiga 
bog'liq bo'lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor 
potensialining sekinlik bilan tarqalishi elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor 
potensialining elektrotonik tarqalishi, neyron dendritlari va soma orqali aksonga 
berilishi retseptor faoliyatining uchunchi bosqichi hisoblanadi. 
Nihoyat, to'rtinchi bosqich retseptorlarda ta'sirotni asab impulslarga aylanishi 
(kodlanish, transformatsiyalash) dan iborat. Hosil bo'lgan axborot impulslari afferent 
asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli sensor mintaqalariga yetkazib 
beriladi.Ta'm bilish analizatori 
Ta'm bilish retseptorlari tilda qisman yumshoq tanglaydi joylashgan ho'lib, og'izga 
kirgan moddalar haqida ma'lumot beradi. Ta'm bilish retseptorlarining ta'sirlanishi 
hazm a'zolarini ishga soladigan ko'pgina shartsiz reflekslarning qo'zg'atuvchisi 
hisoblanadi. 
Eng ko'p uchraydigan retseptorlar-ta'm bilish so'rg'ichlaridir. Ta'm bilish so'rg'ichlari 
ipsimon, bargsimon, zamburug'simon va tarnovsimon bo'ladi. Bitta so'rg'ichda 250 
tagacha retseptor joylashgan. 
Ta'm se/gilarini shirin, achchiq, sho'r va nordon deb to'rt guruhga bo'lish mumkin. 
Shu to'rtta asosiy sezgining aralashmasidan iborat bo'lgan boshqa ta'm sezgilari ham 
anchagina bor. Modda ta'm biluvchi retseptorga ta'sir eta olishi uchun suyuqlikda 
erigan bo'lishi kerak. 
Ta'm bilish sezgisining kelib chiqishi uchun haroratning ahamiyati juda katta. 
Qaynoq va sovuq ovqat ta'm bilish sezgilarini susaytiradi. Buni kundalik turmushda 
ko'rish mumkin. Qandli choy qaynoq bo'lsa, deyarli ma/.asi yo'qqa o'xshab tuyiladi. 
Shuningdek og'izda bir chaqmoq qand , o!ih, sovuq suv bilan ichib yuborilsa, shirin 
mazasining deyarli hech bir se/ilrnasligi ham ma'lum. 
Ta'm bilish analizatorining uchta ncyroni farq qilinadi. Birinchi neyron tilning shilliq 
qavatidagi ta'm bilish so'rg'ichlarida tilning ildiz qismi va yutqum sohasida 
joylashgan bo'lib, uzunchoq miyaga borib tugaydi. Ikkinchi neyron uzunchoq 
miyaning birinchi neyron tamom bo'lgan joyidan boshlanib, talamusda (ko'ruv 
do'mbog'ida ) tugaydi. Uchinchi neyron talamusdan boshlanib, ta'm bilish a'zosining 
miya po'stlog'idagi markazida, ya'ni orqa markaziy pushtaning pastki uchida tugaydi. 
Ta'm bilish sezgisini yuzaga chiqaruvchi bir nechta ta'sirlovchi bir vaqtda yoki 
ketma-ket qo'llanilganda, ta'm bilish kontrasti va ta'mlarning aralashib ketishi 
mumkin: Ta'm bilish kontrasti shundan iboratki, ta'm bilish sezgisini yuzaga 
chiqaruvchi boshqa bir ta'sirlovchi ta'sirida qanday bo'lmasin bir ta'mni sezish ortadi. 
Masalan, shirin sezgisini yuzaga chiqaradigan ikki yoki uch ta'sirlovchi bir vaqtda 
ta'sir etganda ba'zan yangi ta'm sezgisining keiib chiqishi ta'mlarning aralashib ketishi 
deb ataladi; yangi ta'm bilish sezgisi o'z komponentlariga o'xshamaydi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin