E nuritdinov odam fiziologiyasi


atsidoz  deb ataladi, qon reaksiyasining ishqoriy bo'lib qolishi  alkaioz



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

atsidoz 
deb ataladi, qon reaksiyasining ishqoriy bo'lib qolishi 
alkaioz 
deb 
ataladi. 
Shunday qilib, muhitning (pH) doimiyligi ayiruv a'zolarining ishi, eritrotsitlar 
va qon plazmasining tarkibi bilan ta'minlanadi. Qon plazmasining tarkibi pH 
reaksiyasining doimiyligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi va bufer tizimiga 
bog'liq. 
Mushak faoliyatining qon tarkibiga ta'siri
Qon tarkibi, uning fizik-kimyoviy o'zgarishlari mushaklarning faoliyatiga 
bog'liq. Jis-moniy mashqlar natijasida qon reaksiyasini muvozanatlantiruvchi 
barcha fiziologik mexa-nizmlar ishga solinadi. Mushaklar shiddat bilan 
ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (at-sidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron 
masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6,95-ni tashkil etadi. Asta-sekin 
yugurganda pH kamroq o'zgaradi va tez vaqt o'tmasdan bu o'zgargan reaksiya 
tiklanib, darrov o'z me'yoriga qaytadi. 
Qon reaksiyasining bir darajada saqlaydigan qobiliyati zaxiraviy ishqor 
ko'rsatgichi 
hiso-bidan 
amalga 
oshiriladi, 
jismoniy 
mashq 
bilan 
shug'ullanadigan kishilarda shug'ullan-maydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori 
turadi, Jismoniy mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 


13 
ml% (me'yorda 10-20 ml%) ga teng bo'ladi. Qonning yo-pishqoqligi ham jismoniy 
mashqlar davomligiga qarab o'zgaradi, uzoq muddatli mashg'ulot-lardan keyin 10% 
ga oshadi. Bu o'zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrotsitlar, 
leykotsitlar, trombotsitlar) o'zgarganligi bilan ifodalanadi, shu sababli qon reak-
siyasi kislotali tomonga siljiydi. 
Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va 
buyraklar orqali ko'p miqdorda suv yo'qotiladi. Shuning uchun qonning yopishqoqlik 
xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining faoliyati qiyinlashadi. 
Mushak ishlayotgan vaqtda qonda leykotsitlar miqdori oshib, 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin