12
Qonning faol reaksiyasi
Qonning faol reaksiyasini vodorod (H) va gidrooqsil (OH)
ionlarning miqdori
belgilaydi. Bu reaksiyani vodorod ko'rsatkichi -pH ifodalaydi. Osmotik bosim va
tuz ionlari konsentratsiya-sining nisbati doimo bir xilda
turishi bilan birga qon
reaksiyasi ham doimo bir xilda turadi.
Odam arterial qonining pH 7,4, venoz qonining pH esa karbonat kislotasi
ko'proq bo'lga-nidan 7,35-ph ning salgina o'zgarishlari (0,1-0,2 ga) ham uzoq davom
etishi mumkin emas. Qonning o'zgargan faol reaksiyasi
tezda tiklanmasa, organizm
halok bo'ladi.
Qon reaksiyasini saqlab turadigan eng asosiy omil - bu kislota-ishqor
doimiyligidir. Qon reaksiyasining kislotali yoki ishqoriy bo'lib
qolishi organizm
faoliyatini buzib, uning normal sur'atda ishlashini izdan chiqaradi. Ammo, sog'lom
organizmning hayot faoliyati mo'tadil holda bo'lsa, ba'zan ishqor va kislotalar
birmuncha ko'p miqdorda kirganda ham, qon reaksiyasi deyar-li o'zgarmaydi.
Qonda bo'Iadigan та qonning bufer moddalari deb ataladigan maxsus
moddalar qon reaksiyasini doimo bir xilda saqlashga yordam beradi.
Ana shu
moddalar qonga kirgan kis-lota va ishqorlarning talaygina qismini neytrallaydi va shu
bilan qon reaksiyasining o'zgarishiga to'sqinlik qiladi. Qonning bufer moddalariga
gemoglobin, bikarbonatlar, fosfatlar va qon oqsillari kiradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganda, chuqur
va ortiqcha nafas olganda,
ba'zi bir kasalliklarda va shunga o'xshash hollarda qon reaksiyasi bir oz o'zgaradi.
Jismoniy ish vaqtida sut kislotasi hosil bo'ladi, bu kislota qonga muntazam qo'shilib
turadi. Ko'p Jismoniy ish bajarganda qonga talaygina sut kislotasi o'tadi, bu esa
pirovard natijasida qon reaksiyasini bir muncha o'zgartirishi mumkin.
Jismoniy ish
vaqtida pH odatda 0,1-0,2 dan ortiq kamaymaydi. Jismoniy ish to'xtatilgandan keyin
qon reaksiyasi yana me'у or holga qaytadi. Qon reaksiyasining kislotali bo'lib
qolishi
Dostları ilə paylaş: