19
karboksigemoglobin (HbCO
2
) hosil qiladi. Bu birikma modda almashinuvi natijasi
bo'lgan
CO
2
tashilish
shakllaridan
bin.
Karboksigemoglobin
oksigemoglobinga qaraganda mustahkamroq
birikmadir. Gemoglobin is gazini sekinlik bilan, anchagina uzoq vaqt davomida va
toza havodan nafas olib turilgan taqdirdagma beradi. Shuning uchun ham is gazidan
zaharlanish hayotga xavf solishi mumkin, is gazidan zaharlangan kishiga beriladigan
birinchi yordam uning o'pkasini toza havoga yolchitishidan iborat. Kisloroddan
nafas olinganda gemoglobindan is gazining chiqib ketishi 15-20 baravar tezlashadi.
Metgemoglobin
(metHb)
gemoglobinning
mustahkam
birikimasidir.
Metgemoglobin hosil bo'lganda, temirning valentligi o'zgaradi: gemoglobin
molekulasidagi ikki valentli temir uch valentli temirga aylanadi.
Qonda
metgemoglobin ko'p yig'ilib qolganda, qon to'qimalarga kislorod bera olmaydi va
organizm bo'g'ilib o'lib qoladi.
Metgemoglobin jigar rangi va spektrning qizil qismida yutish chizig'i borligi bilan
gemoglobindan farq qiladi. Kuchli oksidlovchilar: ferritsionid (qizil qon tuzi), kaliy
permanganat, amilnitrit va propilnitrit, anilin, bertoll tuzi, fenatsetin ta'sir etganda,
metgemoglobin hosil bo'ladi.
Mioglobin - mushak gemoglobini skelet va yurak mushaklarida uchraydi.
Uning oqsilsiz (prostetik) guruhi-gem gemoglobin molekulasidagi
shunday guruhga
o'xshaydi, oqsil qismi- globin esa gemoglobin oqsiliga qaraganda kamroq molekular
og'irlikka ega.
Odam mioglobini organizmdagi jami kisloroddan 14% ni biriktira oladi.
Mioglobinning bu xossasi ishlayotgan mushakni kislorod bilan ta'minlashda muhim
rol o'ynaydi. Mushak qisqarganda kapillarlari qisilib, mushakning ba'zi qismlarida
qon yurishi to'xtasa ham, mioglobin bilan birikkan kislorod borligi tufayli,
mushak tolalari bir qadar vaqtgacha kislorod bilan ta'minlanib turadi.
Dostları ilə paylaş: