E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

ovqatlanish 
gipergiikemiyasi 
deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05 % gacha pasayishi 


16 
gipogiikemiya 
deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki 
0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va 
o'lim sodir bo'lishi mumkin. 
Tinch holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng. Plazma mineral 
tuzlari tarkibiga asosan natriy, kaliy, kalsiy magniy, xlor va fosfatlar kiradi. 
Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4 
Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalami bajaradi (7, 8-rasmlar): 
1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi. 
Onkotik bosim to'qimalar bilan qon o'rtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun 
zarur; 2, oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va 
kislotaH-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi; 3.oqsillar qon plazmasining 
yopishqoqligini ta'minlaydi; 4. plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho'kishiga yo'l 
qo'ymaydi; 5. plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi; 6. qon 
plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi; 7. qon plazma oqsillarni 
tashuvchi 
vazifasini bajaradi; 8. oqsillar-oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori-200-300 g. 
Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va 
shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun, 
globulinlarniki esa-5 kun. 
Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularning molekulalari 
unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli onkotik bosimning hosil 
bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, albumin qonning tashilish 
funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog* kislotasi, ba'zi bir farmakologik 
moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma 
hisoblanadi. Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan 
birikish qobiliyatiga ega. 
Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi: alfa-1, alfa-2, beta-2 va gamma-
globulinlar. Alfa-1-globulinning oqsillari 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin