stroma va yuza,jqavat -
qobiqdan iborat. Eritrotsit qobig'i lipoid-oqsil
komplekslaridan tuzilgan bo'lib, kaliy va natriy ionlarini o'tkazmaydi, ammo xlor
anionlarini, shuningdek H* va OH' ionlarini bemalol o'tkazadi.
Eritrotsitlar va plazmaning mineral tarkibi bir xjl emas,: ,,odam eritrotsitlari
yadrosiz bo'ladi. 1 mm
3
qonda 4-6 milion, o'rj^cha 5 million dona eritrotsitlar
bo'ladi. Yangi tug'ilgan chag'aloqlarda eritrotsitlar katta odamlarga nisbatan ko'p
bo'ladi.
Qondagi eritrotsitlar miqdori o'zgarib iuradi. Masalan, barometrik bosim past
bo'lganda (balandlikka ko'tarilganda), jismoniy mashg'ulotlar vaqtida, emosional
holat davrida, shuningdek organizm ko'p suv yo'qotganda eritrotsitlar miqdori
oshib Itetadi. Qondagi eritrotsitlar miqdorining ko'payishi turlicha vaqt davom
etishi mumkm.. Lekin bu, organizmda eritrotsitlarning umumiy miqdori ortib
ketganligidan dalolat beravermaydi, chunki q'attiq terlash oqibatida ko'p suv
yo'qotilganda qon
qisqa vaqt quyuqlashadi.. Shu sababli organizmdagi
eritrotsitlarning mutlaq miqdori garchi o'zgarmasa ham, hajm birligidagi eritrotsitlar
soni ko'payadi.
Turli hissiyotlar jarayonida, sport bilan shug'ullanish paytida va
jismoniy ish vaqtida qondagi umumiy eritrotsitlar miqdori ko'payadi.
Eritrositlar miqdorining ortiblcetishi
haqiqiy eritrotsitoz, kamayib kedshi
esa
erifaropeniya ..'.deJ^^^tttdjv.. eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi
gemoglot^i
miqdorim'ng
kamayishiga
kamqonlik (anemlya) kasalligi
deyiladi.
, , -.
Eritrositlarlarning hosil bo'lishi va soni me'yor miqdorda bo'lishi kishining
sog'ligiga,
ovqatlanishiga,
jismoniy
mashqiar
bilan
shug'ullanishiga,
quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabu I qilishiga
bog'liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, В guruhga kiruvchi
vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishi zarur.
Suyak ko'migidan hosil bo'lib, qonga o'tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida
yashaydi. So'ngra ular jigarda va taloqda parchalanib temir moddasi suyak ko'migida
yosh eritrotsitlar hosil bo'lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrotsitlarning
gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, ut
suyuqligi (pegmenti) hosil bo'lishi uchun sarflanadi.
Eritrositlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan
ta'minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o'pka alveollaridan kislorodni
o'ziga biriktirib oksigemoglobin (HbO
2
) hosil qiladi va hujayralarga yetkazadi,
ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidridni
(bikarbonatlarni) hosil qiladi va yana o'ziga biriktirib o'pkalarga olib boradi.
Shunday qilib, qonda eritrotsitlar juda ko'p bo'ladi. Hamma eritrotsitlarning
umumiy sathi 3500m
2
dir. Eritrositlarni qondan ajratib olib, zanjirga o'xshatib chizilsa,
ular kurrai zaminni ekvatori bo'ylab uch marta aylantirib olishga yetgan bo'lur edi. Bu
18
misol odamdagi eritrotsitlar miqdori haqida bir qadar tasavvur beradi. Eritrositlar
taxlab chiqilsa, 6200 km balandlikdagi ustun vujudga keladi.