E nuritdinov odam fiziologiyasi


donali leykotsitlar (granulositlar)



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

donali leykotsitlar (granulositlar) 
va donasiz leykotsitlar (agranulosltlar).
Granulotsitlar 
(lazinofillar, eozinofinlar, bazofillar, neytrofillar) ko'mikdagi 
miyeloblastlardan rivojlanadi. Eozinofinlar (barcha
leykotsitlarning 1-4% ini tashkil qiladi) kislotali bo'yoqlar (eozin) bilan bo'yaladi. 
Ular oqsil tabiatli toksinlarni va yot oqsillarni parchalash hamda zararsizlantirishda 
rol o'ynaydi Yot oqsillar ta'sirida qondagi eozinofinlar soni ko'payadi. 
Bazoflllar 
(jami leykotsitlarning l%)-asos bo'yoqlar, masalan, metilen ko'ki va 
shu kabilar bilan bo'yaladi. Ularning sitoplazmasidagi donachalarida- 
granulalarida geparin moddasi mavjud. 
NeytroflUar 
(barcha leykotsitlarning 70%) neytral bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Bu 
hujayralarning asosiy funksiyasi-fagositoz qilish va antitelalar ishlashdir. 
To'qimalar shikastlangan va mikrob kirgan joyda neytrofillar ko'plab to'planadi. 
Ancha yirik bo'lgan bu hujayralar kapillarlar devoridagi endoteliy orqali kirib, 
to'qimalarda mikroblar kirgan joyga qarab faol harakat qila oladi. Neytrofillar 
amyoba singari harakat qiladi, ularning harakat tezligi bir daqiqada 40 mkm ga 
yetadi. Neytrofillar mikroblar bilan to'qnashib, ularni o'rab oladi, hazm qiladi va 
yo'qotadi, Neytrofillarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I Mechnikov aniqlagan. 
Me'yorda qonda yetilgan (segmentlangan) neytrofillargina emas, balki ularning 
yetilmagan shakllari: 
tayoqchasimon yadroli 
(3-5%), 
yosh neytrofillar 
(1%) 
singari o'tmishdoshlari ham muayyan miqdorda bo'ladi. Neytrofil leykotsitozda 
yetilmagan bu shakllar soni ko'payadi. Ayni vaqtda yosh neytrofillarning 
o'tmishdoshlari-miyelotsitlar paydo bo'lishi mumkin. 
Agranulositlarga monositlar 
va katta-kichik limfotsitlar kiradi. Monositlar 
barcha leykotsitlarning 2-10% ni tashkil etadi. Ularning yadrosi katta bo'lib, 
donalari sitoplazmaning yupqa qavati bilan o'ralgan. Monotsitlar asosan taloq 
bilan jigarda ishlanib chiqadi. Ular qondan yallig'langan joyga o'tib, makrofaglarga 
aylanadi. Bular fagositoz qiladigan qonning katta hujayralariga kiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin