Qon tomirlarining tasnifi Umuman katta va kichik qon aylanishida ishtirok etuvchi qon tomirlari quyidagi
tiplardan iborat: amortizatsiyalovchi (elastik tipdagi qon tomirlar), rezistiv (qarshilik
ko'rsatuvchi qon tomirlar), sfinkter (jumrak) qon tomirlar, almashinuv qon tomirlari;
hajmli qon tomirlar, shuntlovchi (ulovchi) qon tomirlar (6-jadval).
Elastik tipdagi qon tomirlarga aorta, o'pka arteriyasi va ularga yaqin joylashgan katta
tomirlar qismlari kiradi. Ularning o'rta qavatlarida elastik (qayishqoq) elementlar
ko'proq uchrab, ular tufayli sistola fazasida qon bosimining keskin ko'tarilib ketishiga
yo'l qo'ymaydi.
Rezistiv tipdagi qon tomirlariga arteriyalarning oxirgi qismi va arteriolalar kiradi.
Ularning devorlarida silliq mushak qavati yaxshi rivojlangan, shu sababli qon
oqimiga ko'proq qarshilik ko'rsatadi. Silliq mushaklar qisqarish va bo'shashishi
tufayli tomirlar ko'ndalang kesimi o'zgarib, qon bosimini o'zgartiradi. Bu jarayon turli
a'zolarda qon aylanishining asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Sfinkter tipdagi qon tomirlariga - kapillarlardan oldinroq joylashgan arteriolalarning
oxirgi qismlari kiradi. Ular, rezistiv qon tomirlari singari o'zining ichki diametrini
o'zgartira oladi.
Almashinuv qon tomirlariga qon kapillarlari kiradi, ya'ni modda almashinuvida
ishtirok*etadigan kapillar tomirlar kiradi. Diffuziya va filtrlanish jarayonlari
kapillarning bir qavatli epitemiya va yulduzsimon hujayralari orqali amalga
oshiriladi. Ular qisqarish qobiliyatiga ega emas, ammo ularning diametri pre-va
postkapillar bosim o'zgarishi bilan sfinkter tomirlarning holatiga qarab o'zgaradi.
Hajmli qon tomirlarga venalar tizimi kiradi. Ular juda cho'ziluvchan bo'lganidek ko'p
miqdordagi qonni o'ziga sig'dirib, saqlab turishi va qon aylanishiga qayta chiqarishi
mumkin. Ba'zi venalar qon zaxirasi sifatida ancha ko'p hajmiga ega. В ularga jigar
venalari, qorin bo'shlig'i, yirik teri venalari kiradi. Bu venalardagi mavjud qon
miqdori 1 litr chamasida ko'payib-kamayib turishi mumkin.
Shuntlovchi (o'lovchi) qon tomirlar arteriovenoz anastomozlardan iborat bo'lib,
tanahing ba'zi qismlarida joylashgan (quloqning terisi, burun va hokazo). Bu tomirlar
ochiq vaqtida kapillarlar orqali qon oqishi kamayadi, ba'zan butulay to'xtab qolishi
ham mumkin.