E nuritdinov odam fiziologiyasi


Qon tomirlar tizimining turli bo'limlarida bosimning o'zgarishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Qon tomirlar tizimining turli bo'limlarida bosimning o'zgarishi 
Odam qon bosimi (mm simob ustuni hisobida) qon tomirlari tizimining turli 
bo'limlarida turlicha bo'lib, arterial tizimida qon bosimi venoz tizimiga nisbatan 
balandroq. Bu tafovutni 6-jadvalda kuzatish mumkin. 
Qon bosimi - qon tomirlari devorlariga ta'sir etuvchi qon bosimi paskal bilan 
ifodalandi (1 Pa=l H/m2) Qon bosimi orqali organizmda qon harakatlanib, a'zolar va 
to'qimalar faoliyati uchun foydalanadi, kapillarlarda to'qimalararo suyuqliklar hosil 
qilinadi hamda organizmda sekretsiya va eksekretsiya amalga oshiriladi. 


39 
Qon bosimi darajasi quyidagi asosiy uch omilga bog'liq: yurak qisqarishining tezligi 
va kuchi, umumiy periferik qarshilik, ya'ni tomirlar devorlarining tonusi; aylanishda 
bo'lgan umumiy qon hajmi. 
Odatda qon bosimi arterial, venoz, kapillarlar qon tomirlarida o'lchalanadi- 
Sistolik (maksimal) bosimi chap qorinchadagi miokard holatini aks etadi, 13,3-16,0 
kPa (100-120 mm simob ustuni) ga teng. 
• Diastolik (minimal) bosimi arteriya devorining tonusi darajasini ifodalaydi
7,8-10,7 kPa (60-80 mm simob ustuni)ga teng. 
Puls bosimi - sistola va diastola bosimlarining farqini ko'rsatib, qprinchalar. sistolasi 
fazasida aortal va pulmonar klapanlarining ochilishi uchun xizmat qiladi. Me'yorda 
bu bosim 4,7-7,3 kPa (35-55 mm simob ustuni) ga teng. Sistolik bosirn diastolik 
bosim bilan teng bo'lgan hollarda qon harakatsiz qoladi va o'lim.sodir bo'ladi. 
O'rta dinamik bosim diastolik bosimining yig'indisiga va puls bosimining 1/3- ga teng 
bo'lib, qonning muntazam harakati energiyasini ifodalaydi va maxsus shu qon tomiri 
yoki shu organizm uchun xos ekanligini ko'rsatadi. 
Qon bosimi darajasiga quyidagi omillar ta'sir etadi: odam yoshi, kecha kunduz
organizmning umumiy fiziologik holati, markaziy asab tizimining funksional holati 
va hokazo. Yangi tug'ilgan bolalarda maksimal arterial qon bosimi 5,3 kPa (40 mm 
simob ustuni)ga teng, bir oylik yoshdagi bolalarda - 10,7 kPa (80 mm simob usluni), 
10-14 yoshda - 13,3 - 14,7 kPa (100-110 mm simob ustuni)ga, 20-40 yoshda - 14,7-
17,3 kPa (110-130 mm simob ustuni)ga teng. Keksalik chog'ida maksimal bosim 
minimal bosimga nisbatan ko'proq oshadi. Kecha kunduz davomida arterial bosim 
o'zgaradi: uning dinamikasi kunduzi kechasiga qaraganda balandroq bo'ladi.Arterial 
qon bosimi og'ir jismoniy tarbiya mashqlari natijasida keskin oshib ketadi - 150-200 
mm ga yetadi. Lekin yurakning ish faoliyati 3-5 daqiqa odam dam olgandan keyin 
yana o'z me'yoriga qaytadi. 
Odam arterial qon boismining me'yorga nisbatan ortishi - gipertoniya (gipertenziya), 
pasayishi gipotoniya (gipotenziya) deyiladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek odamning 
qon bosimi arteriyalar, venalar va kapillarlarda o'lchalanadi. Yelka arteriyasidagi 
sistolik (maksimal) bosim 110-120 mm, diastolik (minimal) bosim esa 60-80 mm 
simob ustuniga teng. Buni Riva-rochi sfigmomonometri yoki tonometr asboblari 
yordamida N.S.Korotkov usulida yelka arteriyasida o'lchanadi. 
Agar odam hayajonlansa, achchiqlansa, qo'rqsa maksimal arterial bosim 200-250 mm 
gacha ko'tariladi, minimal arterial bosim esa keskin pasayadi. Yurakning ish faoliyati 
kuchsizlangan odam yuqoridagi kabi jismoniy mashqlarni bajarganda, arterial 
bosimining o'zgarishi 5-10 daqiqada o'z me'yoriga qaytmaydi va yuragi tez urishi, 
nafas qisishi, rangining oqarishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin