Venalarda qon harakati Venalarda qon aylanishining o'ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyatlar avvalo
venalar devorining tuzilishiga bog'liq. Ularning devori arteriyalar devorlariga
nisbatan juda yupqa va bo'sh bo'lib, saiga qisiladi: ular hatto salgina bosilganda ham
puchayadi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo'lganda ham ularning devori
anchagina cho'ziladi va ularda ancha qon to'planib qolishi mumkin. Agar
arteriyalarning avvalida qon bosimi 18,7 kPa (140 mm simob ustuni) bo'lsa,
venulalarda 1,3-2,0 kPa (10-15 mm simob ustuni)ga teng. Venalarning oxirlarida esa
qon bosimi nulga teng va hatto atmosfera bosimidan ham pastroq bo'lishi mumkin.
Venalarda qonning harakati quyidagi omillarga: yurakning ishi, vena klapanlarning
faoliyati, skelet mushaklarining qisqarishi va jismoniy harakatning og'irligiga bog'liq.
Ma'lumki, yurak o'z faoliyati bilan arterial tizim va o'ng bo'lma o'rtasida qon
bosimining farqini tashkil qilib beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Buning natijasida
venoz qon yurakka qayta quyiladi.
Venada halqasimon klapanlar borligi qonning bir tomonlama oqishini ta'min etadi.
Mushaklarning navbat bilan qisqarish va susayishi venalarda qon oqishining eng
asosiy omili hisobalanadi. Ularning qisqarishi natijasida venalar yupqa devorlari
bosiladi va qon yo'nalishini o'zgartirib, yurak tomoniga harakat qiladi. Skelet
mushaklarining susayishi esa qonning arterial tizimidan venaga o'tish jarayonini
ta'minlaydi. Mushaklar tomonidan bajariladigan tomirlarda qon yo'nalishini bunday
o'zgartirib o'tkazilish qobiliyati «mushak nasosi» deyiladi va ular asosiy nasos -
yurakning yordamchilari deb hisobalanadi. Odam harakat qilsa yoki ritmik jismoniy
mashqlar bilan shug'ullansa oyoq venalarida mushaklar nasosi tufayli qon harakati
yengillashadi.
Nafas olish fazasida ko'krak qafasidagi manfiy bosim tufayli qon yurakka qayta
qo'yiladi, chunki bu manfiy bosim bo'yin va ko'krak bo'shligidagi vena qon
tomirlarini kengaytiradi. Buning natijasida bosim venalarda pasayib ketadi va yurak
tomoniga qon harakatini yengillashtiradi.
Periferik venalarda qon harakatining tezligi 5-14 sm/soniya va kovak venalarda - 20
sm/soniyaga teng.