E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Qon depolari 
Fiziologik tinch holat sharoitlarida qon tomirlarda 60-70% qon mavjud. Bu qon 
miqdori 
sirkulatsiya (aylanib yuradigan)
qoni deb ataladi. 
Qolgan 30-40% qon miqdori maxsus qon depolarida qon zahirasi sifatida 
saqlanib qoladi va shu sababli uni 
zaxiraviy qon 
deb atashadi. Shunday qilib, aylanib 
yuruvchi-sirkulator qon miqdori qon depolaridan umumiy qon aynalishiga chiqadigan 
qon hisobidan oshishi mumkin bo'ladi. 
Qon depolariga taloq, jigar, teri ostidagi tomirlar va o'pka kiradi. Taloqda 500 
ml qon bor, u sirkulatsiyaga deyarlik butunlay qatnashmasligi mumkin. Jigar 
tomirlarida va teri ostidagi tomirlar chigalida (odamning shunday chigalida 1 
litrgacha qon bo'lishi mumkin) qon boshqa tomirlardagiga nisbatan ancha (10-20 
baravar) sekin aylanadi. Shuning uchun bu a'zolarda qon ushlanib qoladi va ular 
go'yo qon rezervuarlari, boshqacha aytganda, qon depolari hisoblandi. 
Taloqdagi qonda eritrotsitlar tomirlarda aylanib yurgan qondagiga nisbatan ko'proq 
va gemoglobini ham 15% ortiq bo'lgani uchun taloqdagi qon umumiy sirkulatsiyaga 
qo'shilishi bilan kislorod ham ko'proq tashiladi. 
Qondagi kislorod miqdori kamayganda taloq refleks yo'li bilan qisqaradi va o'zidan 
qo'shimcha miqdorda qon siqib chiqaradi. Shuning uchun: 1) qon yo'qotilganda, 2) 
atmosfera bosimi yoki qondagi kislorodning parsial bosimi pasayganda, 3) is gazidan 
zaharlanishda, 
4) 
xloroform 
yoki 
efir narkozida, 5) jismoniy ish bajarishda va shunga o'xshash holatlarda taloq 
qisqaradi. 

Organizm tinch turganda taloq kengaygan, ko'proq qonga to'lgan, shu tufayli 
sirkulatsiyada qon miqdori kamaygan bo'ladi. 
Taloq va jigarning qonga to'lishi, binobarin, qon depolari sifatidagi funksiyasi refleks 
yo'li bilan boshqariladi. Simpatik asab tizimi quzg'olgarida taloqning qisqarishi 
yuzaga chiqadi va qon tomirlarga o'tadi. Adashgan asab quzg'olganda esa, aksincha 
taloq qon bilan to'yiladi. 
Katta yoshdagi odamlarning o'pka va jigaridagi qon tomirlarida ma'lum bir miqdor 
qon ushlanib qoladi. Jigarning tomir tizimida 0,6 1 gacha qon zahira bo'lib tursa, 
o'pkaning qon tomirlarida uning miqdori 0,5 dan 1,2 1 gacha yetadi. 
Jigar qon deposi sifatida katta ahamiyatga ega. Jigar venalarining yirik tarmoqlari 
devorida mushak to'tamlari bor, ulardan sfinkterlar (halqasimon qisqich klapanlar) 
paydo bo'ladi, bular qisqarganda quyiladigan joyi torayib jigardan qonning oqib 


45 
chiqib ketishi qiyinlashadi. Shu tariqa, jigarda qon ushlanib qoladi va bu a'zo qonga 
ko'proq to'lishadi. Jigardagi qon umumiy sirkulatsiyadan taloqdagi qon kabi chetda 
qolmaydi, biroq jigar venalaridagi sfinkterlar qisqargan bo'lsa qon yurishi susayadi. 
Teri ostidagi qon tomirlarida 1 1 gacha qon zaxira bo'lib turadi. Uning asosiy miqdori 
qorin bo'shligida joylashgan turli a'zolar venalarida saqlanib, vegetativ asab tizimi 
orqali boshqariladi, taloq, jigar va qon tomirlari singari o'z funksiyalarini bajarib 
boradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin