Ishchi giperemiya Ishlayotgan organizm va a'zolarda qon oqishining kuchayishi va qon tomirlarining
kengayishi funksional yofci ishchi gipermiya deb ataladi. Bu hodisani ilk bor 1875
yilda nemis olimi Zadler va 1877 yilda Gaskell o'rganib chiqqan. Ammo 1927 yilda
A.Krog tomonidan ishchi giperemiya o'tkazilgan bir qator eksperiment ishlar
natijasida aniqlik kiritilgan. Uning fikricha, mikrosirkulyator tizimiga qon oqib
kelishi kuchayishi tufayli periferik tomirlar tizimining biron qismida qon to'liqligi
oshadi, qizaradi. Faoliyat ko'rsatib turgan a'zoda qon tomirlari gumoral yo'l bilan
kengayadi. Biroq, turli izlanishlarga qaramasdan hozirgi vaqtgacha giperemiyaning
asab va gumoral mexanizmlari oxirigacha aniqlanmagan. Ba'zi bir qarashlarga ko'ra,
giperemiyani amalga oshirishda sut kislotasi, gistamin, karbonat kislotasi, ATF, kaliy
ionlari va boshqa moddalar ishtirok • etadi. Amrno, hozirgi vaqtda giperemiyaning
ro'yobga chiqarishi uchun lozim bo'lgan bu moddalarning ahamiyati oxirigacha o'z
tasdiqini topmagan. Masalan, shunialohida e'tirof qilish kerakki, ishlayotgan
mushaklar qon tomirlarining kengayishi ularda hali sut kislotasi hosil bo'lguncha
amalga oshiriladi, yoki ishchi giperemiya gistaminning ta'sirini tbrmozlovchi
moddalar yuborilgandan keyin ham kuzatiladi.
Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ishlayotgan mushaklar qon tomirini
kengaytiruvchi yana bir boshqaruv mexanizmi bu ritm haydovchisi degan
mexanizmdir. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, qon tomirlar devorining tonusini saqlab
turadigan ritm haydovchisi mexanizmi funksiyasini kuchli avtomatiya qobiliyatiga
ega bo'lgan qon tomirlari devorining mushaklar hujayralari bajaradi. Ulardan
keladigan impulslar arterial qon tomirlari devorlarining tonusini saqlab turadi. Skelet
mushaklari qisqarganda arterial devorning deformatsiyasi ro'y beradi, ular tomirlar
devorining silliq mushaklari va ritm haydovchisi o'rtasidagi morfologik va funksional
aloqani buzadi. Buning natijasida arteriolalarning tonusi pasayadi, shu sababli
kengayadi.
V.M.Xayutinning fikricha ishchi giperemiyaning mexanizmi bu asab mexanizmi
bo'lib, skellet mushaklarga asab impulsion harakatlantiruvchi asablar orqali kelib
mushaklarni qisqartiradi va ularda qon aylanishini kuchaytiradi.
Jismoniy ish vaqtida qonning qayta taqsimlanishi ishchi giperemiya uchun eng qulay
sharoitdir. Hamma a'zolarning qon bilan ta'minlanishi bir maromda bo Uganda uning
daqiqali hajmi hatto mushaklar orom turganda ham 5-6 1 emas, 25-30 1 tashkil
qilardi, ish vaqtida esa bu ko'rsatkich yanada oshardi. Biroq, haqiqatda bunday holat
ro'y bermaydi, chunki ishlamaydigan a'zolarda qon oqishining cheklanishi umumiy
aylanishdagi qon hajmini kamaytiradi. Yurak faoliyatida qonning qayta taqsimlanishi
shundan ko'rinib turibdi. Mushaklarda tomirlarning kengayishi jismoniy mehnatni
boshlash bilanoq reflektor yo'li bilan amalga oshiriladi. Shu paytda harakat
impulslarning skelet mushaklariga vaqtida yetib borishi giperemiya uchun asos bo'la
oladi.