E nuritdinov odam fiziologiyasi


Qonning aylanib chiqish vaqti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Qonning aylanib chiqish vaqti 
Katta va kichik qon aylanish doiralaridan qonning bir marta o'tib olishi uchun zarur 


43 
bo'lgan vaqt qonning aylanib chiqish vaqti deb ataladi. Odamda qonning aylanib 
chiqish vaqti yurakning o'rta hisobda taxminan 27 sistolasini tashkil qiladi. Yurak bir 
daqiqada 70-80 marta qisqarganda qon butun tanadan 20-23 soniyada aylanib 
chiqadi. Qon aylanib chiqish vaqtining 1/5 qismi qon aylanishining kichik dorirasiga 
va 4/3 qismi katta doirasiga to'g'ri keladi. Odam yurak - qon tomirlarning og'ir 
kasalliklari vaqtida qonning aylanib chiqish vaqti 1 daqiqagacha oshishi mumkin. 
Vena pulsi.
Mayda va o'rtacha venalarda qon bosimmmg puls tebranishi yo'q. Yurak 
yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib 
chiquvchi puls tebranishlari - vena pulsi qayd qilinadi. Bo'lmalar va qorinchalar 
sistolasi vaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulsiga sabab bo'ladi. 
Yurakning shu bo'limlari qisqarganda venalardagi bosim ko'tariladi va devorlari 
tebranadi. 
Vena pulsining egri chizig'i-flebogrammada uchta tish farq qilinadi: A, S va V. A-
tishi o'ng bo'lma sistolasiga to'g'ri keladi. lining kelib chiqish sababi shuki, bo'lma 
sistolasi vaqtida kavak venalarning bo'lmaga qo'yiladigan joyidagi teshik mushak 
tolalari halqasi bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo'lmaga qon o'tishi vaqtincha 
to'xtaydi, bo'lmalarning har bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay 
turadi, natijada devorlari cho'ziladi. Bo'lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol 
o'tadi va shu payt vena pulsining egri chizig'i birdaniga pasayadi. Tezda, vena 
pulsining egri chizig'ida kichikina S tishi paydo bo'ladi. U uyqu arteriyasining 
turtkisidan kelib chiqadi. S tishidan so'ng egri chiziq pasaya boshlaydi va u yangidan 
ko'tariladi - V tishi paydo bo'ladi. V tishining kelib chiqishiga sabab shuki, 
qorinchalar sistolasining qxirida bo'lmalar qonga to'lganiigi va ularga у ana qon kira 
olmagani uchun venalarda qon damlanib qolib, ularning devorini cho'zadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin