2.Reja tuzishning variantlari.
Reja tuzishda uning har xil variantlarini olish mumkin. Buning uchun
iqtisodiy-matematik usullar va EXMlardan foydalaniladi. Rejani tuzishga ajratilgan
vaqtning chegaralanganligi va rejali hisobotlarni tulik rasmiylashtirishga holis
imkoniyatlar yo’qligi sababli rejaning alohida bo’limlarini ketma-ket ishlab chiqish
emas, balki parallel bajarish kerak. Ularni yechish davomida har xil masalalarning
asosiy o’zaro boglangan ko’rsatkichlari moslashtiriladi. Rejaning barcha bo’limlarini
tulik moslashtirish rejalashtirishning ba’zi kisimlarini yoki xatto uning butun
jarayonini bir necha bor takroran kaytarib ishlov berish bilan erishiladi.
3.Korxona tuzilishi va rejalashtirish.
Rejalashtirish bilan korxonaning tuzilishi orasida ma’lum bog’liklik bor.
Korxona tuzilishini loyihalash uchun uning muhim rejalariga asoslanish lozim.
Tashkiliy tuzilishni ishlanmasining ketma-ketligi rejalashtirish jarayoni unsurlarining
ketmaketligiga o’xshash. SHunday tashkiliy tuzilishni tanlash mumkinki,
korxonaning muhim rejalariga mos kelsin va atrof muhit bilan o’zaro ta’siri
samaralikni ta’minlasin va mo’ljallangan maqsadga erishilsin. Tashkiliy tuzilishning
ishlanma harakatining ketma-ketligi quyidagicha:
-korxonani gorizontal bo’yicha keng bloklarga bo’lishni amalga oshirish;
-turli lovozimlarning vakolatlari nisbatini aniqlash;
-lavozim majburiyatlarini aniqlash.
4.Tavakkallikni baholash.
Bozor sharoitida korxonalarning faoliyat ko’rsatishlari xo’jalik holatlarining
barqarorligi, raqobatning mavjudligi, extiyojning o’zgaruvchanligi va tuzilishining
o’zgarib turishlari, ishlash sharoitlarining doimiy o’zgarishlari, ya’ni korxonalarning
tavakkalli ishlashlari bilan bog’lik bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
46
korxonalar o’z ishlarini uddalamok uchun yangi toifadagi rejalashtirishga o’tishlari
lozim. Bozor sharoitida tavakkallikning mavjudligi mijozlar va tashish xajmlarini
yo’qotish, extiyojini noto’g’ri baholash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik,
extiyot materiallarni keragidan ortiqcha bunyod etish kabilar o’zlariga mos eng
munosib (optimal) reja yechimlarini beradigan variantlarni aniqlash lozimligini
belgilaydi. Tavakkallikni baholash usulidan «muvozanatli ifodalash»-xo’jalik
muhitida amalda hisobga olinadigan tavakkallik omillarining juda aniq rasmiy
chizmasini rejali yechimini tuzishda imkoniyat beradi. Avtomobilь transporti va
TXKda bunday tavakkallik omillari sifatida transport xizmatiga bo’lgan
extiyojlarning tasodifiy o’zgarib turishlari (beqarorligi), raqobatlarning mavjudligi,
tashish shart-sharoitlaridagi o’zgarishlar, mijozlar bilan bo’lgan munosabatlar va
boshqalar o’rin to’tadi. Avtomobilь transportida yetarli yuqori darajadagi
tavakkallikni izoxlaydigan omil bo’lib uning ish texnologiyasi hisoblanadi. Xuddi
shunday omborxona ishlari doimo ta’minlay olmaganligi uchun avtomobilь transport
korxonalari o’zini extiyot rezervlari bilan qoplash mumkin bo’lgan beqaror extiyojini
ta’minlashga qurbi yetmaydi, bundan tashkari 20-30 % yuk xajmi yakka xol
talabnomalardan iborat bo’lib, qaysiki oldindan ko’rish mumkin emas. Bu ham
tavakkalning oshishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, rejani tanlashda holis
baholash bilan birga rahbar yana rasmiylashtirishga bo’ysinmaydigan, insonga
bog’lik bo’lgan (bir tomonlama, shaxsiy) omillarni ham hisobga oladi. Bozordagi
holatni, transport va texnik xizmatlarga bo’lish mumkin bo’lgan extiyoj darajasini
rahbar yoki menejment (echim qabul qilayotgan shaxs) o’zining tajribasi, sezgisi
(farqi, farosati), o’tgan davr vaziyatlarini tahili bo’yicha turlicha baholaydi. Bunday
baholashlar, shaxsiy (sub’ektiv) baholash hisoblanadi va rejani tanlashga ta’sir
ko’rsatadi. Avtomobilь transporti va aholi transportlariga TXK korxonalari
faoliyatida tavakkallik omillarini tahil qilish va baholash hamda rejali yechim qabul
qilish uchun xozirgi vaqtda rejali yechim qabul qilish texnologiyasining uslubiy
asoslari ishlab chiqilgan. Ushbu ishlanmaga rahbar yoki menejment mo’ljallashi
mumkin bo’lgan holis tavakkallik omillari, rahbarning shaxsiy afzalligi va ma’lum
maqsadlari majmuasining mavjudligi hisobga olingan. Tavakkallik o’lchash va
47
baholash masalalari ba’zi bir boshlangich ifodalarga e’tibor berishni talab qiladi.
Masalan: tavakkallik vaziyati nima? Tavakkallikning o’zi nima? Bu savollarga
qisqacha bunday javob o’rinli bo’lishi mumkin. Tavakkallik vaziyati deganda u yoki
bu xodisa yechimining miqdor jihatdan bajarilishi extimol darajasini aniqlash
imkoniyati tushiniladi. Miqdor ulchami, bu tavakkallik darajasini aniqlashda hisobga
olinadigan extimollik qiymatidir. Tavakkallik deganda qabul qilingan rejali
yechimlarni bajarmaslik extimoli tushuniladi, qachonki bu yechimlarning xaqikiy
bajarilishi tasodifiy kattalik bo’lib mavjud xo’jalik muhiti sharoitida noaniqlik
omillari ta’siriga bog’lik bo’lsa. Bashorat qilish va tavakkallik xavfini oldini olish
uchun biznes-reja foydalaniladi. Biznes-reja bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar
faoliyatini boshqarish vositasi (mexanizmi) bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun
sungi yoritiladigan izlanish materillari biznes-reja va bozorning muvofiklashtirish
muammolarini yechishga qaratilgan. Bundan maqsad transport xizmati bozoridagi
o’zgarishlarni keltiradigan tavakkalligi va avtomobilь transportida amaldagi xo’jalik
mexanizmi bilan bog’lik tavakkallik elementlarini hisobga oluvchi eng kulay
yechimlar ishlab topishdan iborat bo’ladi. SHunday unsurlardan, xususan jarima
sanktsiyalarining turli tizimlari: shartnoma majburyatlarini buzish, xom ashyo
zaxiralarini me’yoridan oshirib saqlash, ishlab chiqarish jamgarmalarini xizmat
muddatidan ziyod foydalanishlar hisoblanadi. Xozirgi kunda yuk tashuvchi
avtomobilь transporti korxonalarida xavfli yuklarni tashishda, yo’llar kurilishida
tavakkalli baholash uslublari mavjud. Reja yechimlari qabul etishdagi tavakkallikni
hisobga olish va baholash quyidagi chora-tadbirlar evaziga erishilishi mumkin.
1). Korxonalarning xo’jalik faoliyatlaridagi tavakkallikning chora -tadbirlari
toifalarini ishlab chiqish bilan;
2). Korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini rejalashtirish texnologiyasi
(ma’lum uslublar bilan rejalashtirishni amalga oshirish jarayonlarining majmui)da
tavakkallik bilan chora-tadbirlarni hisobga olish yo’li bilan;
3). O’zgarib turgan xo’jalik sharoitida tavakkalli suxbat tarzida (dialog
tizimida) olib boriladigan andoza tayyorlash tavakkallikning xususiyati va
48
istalayotgan darajasiga qabul etilgan yechimini shaxslarga beriladigan reja andozasini
ishlab chiqish bilan;
4). Yuklarni tashish xajmi, asosiy mablaglarni yoshiga karab aniqlash
kabilarda tavakkallik omillari hisobiga oluvchi rejalashtirish uslublarini ishlab
chiqish bilan;
5). Reja yechimlarini qabul etishda eng optimal tavakkallik darajasini
baholash uslublarini ishlab chiqish bilan.
Korxona faoliyatining tavakkallik omillarini hisobga olgan rejalashtirish
texnologiyasi (ayniksa bozor munosabati sharoitida) dolzarb ilmiy muammo
hisoblanadi, uning amaliy ahamiyati transport barcha mutaxasislarning manfaatiga
dahildordir.
Dostları ilə paylaş: |