8.10-jadval
Kreditorlik qarzlari aylanuvchanligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni
aniqlash tartibi
Ko‘rsatkichlar
Aniqlash tartibi
Izoh
Kreditorlik qarzlarining
aylanish koeffitsiyenti
(Ka)
Ka = IT / KQ
Bu yerda: IT – sotilgan mahsulot (ish,
xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxi;
KQ – kreditorlik qarzlari
Bu ko‘rsatkich kreditorlik
qarzlarini
pulga
aylanish
darajasini ifodalaydi
Kreditorlik qarzlarining
aylanish davri (Ad)
Ad = KQ x 360 / IT
Bu ko‘rsatkich kreditorlik
qarzlarini necha kundan keyin
aylanma mablag‘ tarkibiga
o‘tishini ifodalaydi
“Sharq” fermer xo‘jaligining kreditorlik qarzlarini aylanuvchanligiga baho
berish uchun ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (8.11-jadval).
8.11-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida
kreditorlik qarzlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4864 ming so‘mga
qisqargan. Biroq, sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi
esa hisobot yilida 36740 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishlarning
natijasida fermer xo‘jaligida kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan
yilgi 20,0 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 26,0 koeffitsiyentgacha ko‘tarilgan.
Ya’ni, kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi tezlashgan.
203
8.11-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida kreditorlik qarzlari aylanuvchanligining tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yili
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+,-)
1. Jami kreditorlik qarzlari, ming so‘m
27270
22406
-4864
2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab
chiqarish tannarxi, ming so‘m
546908
583648
+36740
3. Kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgan qismi,
ming so‘m
-
-
-
4. Kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
(2/1)
20,0
26,0
+6
5. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri, kun
hisobida (1*360/2)
18
14
-4
6. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari ulushi, %
(4/1*100)
-
-
-
Bunday holat fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanadi. Shuningdek,
kreditorlik qarzlarining aylanish davri o‘tgan yilgi 18 kundan hisobot yiliga kelib
14 kungacha qisqarganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday natijalar bir qator
omillar ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, endi mazkur ko‘rsatkichlarga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘sak.
Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentini yuqoridagi 8.10-jadvalda
keltirilgan aniqlash tartibiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga ikki omil
ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni:
-
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi
summasining o‘zgarishi;
-
kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi.
Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentiga omillar ta’sirini “Qayta
hisoblash” usuli orqali tahlil qilib o‘rganish mumkin. Buning uchun shartli
aylanish koeffitsiyentini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini (IT) o‘tgan
yildagi kreditorlik qarzlariga (KQ) bo‘lish kerak:
Kkqa
sh
= IT
1
/ KQ
0
= 583648 / 27270 = 21,4 ming so‘m.
Mazkur tartibda kreditorlik qarzlarining ham shartli aylanish davri aniqlab
olinadi.
Ushbu bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlangandan so‘ng, ularning o‘zgarishi
204
va omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi (8.12-jadval).
Dostları ilə paylaş: |