284
qilinishi mamlakatimizda investisiya faoliyatini tubdan
yangi sifat bosqichiga
ko‘tarmoqda. Shu bilan birga, hozirgi globallashuv jarayonida har qanday faoliyat
yuritayotgan korxonaning iqtisodiy faolligi bevosita investisiya jarayoniga
bog‘liqlikda kechadi. Bu esa, o‘z navbatida korxonalarda investision faoliyat
ko‘rsatkichlarini
tizimlashtirgan holda, tahlilini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va
samaradorligini baholashni talab etadi.
Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi korxona investision faoliyatining
holatini baholash orqali uning hajmini ko‘paytirish va undan foydalanish
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Ushbu maqsadga
quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishish mumkin:
-
korxonaning investision faoliyat ko‘rsatkichlari va uning tarkibiy
o‘zgarishlariga baho berish;
-
investisiyaga yo‘naltirilgan mablag‘lar samaradorligini baholash;
-
jalb qilingan investisiyalar samaradorligini o‘rganish va baho berish;
-
investisiyaga yo‘naltirilgan va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish
samaradorligi hamda ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish
va baho berish;
-
investisiya hajmini ko‘paytirish va foydalanish
samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini ko‘rsatib berish.
Korxona investision faoliyati tahlilini amalga oshirishda quyidagi axborot
manbalaridan foydalaniladi:
-
buxgalteriya balansi;
-
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
-
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
-
investisiyalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi
schyotlari ma’lumotlari;
-
boshqa ma’lumotlar (ustav, ta’sis
shartnomasi, umumiy majlis qarorlari,
investisiya dasturi, biznes reja ma’lumotlari va boshqa).
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib,
korxona
285
investision faoliyati tahlilini amalga oshirish jarayonini quyidagi yo‘nalishlarga
bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Korxonaning investision faoliyat ko‘rsatkichlari va uning tarkibiy
o‘zgarishlarining tahlili;
2. Investisiyaga yo‘naltirilgan mablag‘lar samaradorligining tahlili;
3. Jalb qilingan investisiyalar samaradorligining tahlili.
Korxona investision faoliyati tahlilini amalga oshirish jarayonining birinchi
yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni korxonaning investision faoliyat ko‘rsatkichlari va
ularning tarkibiy o‘zgarishini tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lindi (12.11-jadval).
Dostları ilə paylaş: