R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

12.11-jadval 
Korxonaning investision faoliyatini tarkibini tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
Yil boshiga 
Yil oxiriga 
O‘zgarishi (+;-) 
Summa, 
ming so‘m 
Sal-
mog‘i, 

Summa, 
ming so‘m 
Sal-
mog‘i, 

Summa, 
ming so‘m 
Sal-
mog‘i, 

Uzoq muddatli investisiyalar 
(1-shakl, 030-satr) 
603229,2 
49,2 
640120,4 
40,7 
+36891,2 
-8,5 
Qimmatli qog‘ozlar 






Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga 
investisiyalar 






Qaram xo‘jalik jamiyatlariga 
investisiyalar 






Xorijiy sarmoya ishtirokidagi 
korxonalarga investisiyalar 






Boshqa 
uzoq 
muddatli 
investisiyalar 
603229,2 
100 
640120,4 
100 
+36891,2 

Qisqa muddatli investisiyalar 
(1-shakl, 370-satr) 
621534,0 
50,8 
934000,0 
59,3 
+312466 
+8,5 
Jami 
yo‘naltirilgan 
investisiyalar 
1224763,2 
100 
1574120,4 
100 
+349357,2 

O‘z mablag‘lar manbai
3428508,4 
98,7 4304256,5 99,9 +875748,1 +1,2 
Uzoq muddatli kredit va qarzlar 






Qisqa muddatli kredit va qarzlar 
43631,5 
1,3 
1022,9 
0,1 
-42608,6 
-1,2 
Investisiya manbalari jami 
3472139,9 
100 
4305279,4 
100 
+833139,5 

12.11-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, korxona tomonidan jami yo‘naltirilgan 
investisiyalar yil boshiga 1224763,2 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich yil oxirida 1574120,4 ming so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, 
korxona tomonidan yo‘naltirilgan investisiyalar hajmi yil oxirida yil boshiga 


286 
nisbatan 349357,2 ming so‘mga ko‘paygan. 
Korxona tomonidan yo‘naltirilgan investisiyalar tarkibiga e’tibor 
qaratadigan bo‘lsak, yil oxirida uzoq muddatli investisiyalar 640120,4 ming so‘mni 
va qisqa muddatli investisiyalar 934000,0 ming so‘mni tashkil qilgan. 
Yo‘naltirilgan investisiyalar tarkibida qisqa muddatli investisiyalar salmog‘i yil 
boshida ham, yil oxirida ham uzoq muddatli investisiyalarga nisbatan yuqori 
bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Investisiya manbalari tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda yil boshida 
ham, yil oxirida ham o‘z mablag‘lari manbalari asosiy salmoqni tashkil 
etayotganini ko‘ramiz. Ya’ni, bu ko‘rsatkich yil boshida 98,7 foizga teng bo‘lsa, 
yil oxirida 0,99 foizni tashkil etgan. 
Umuman olganda, korxonada yil oxirida yil boshiga nisbatan yo‘naltirilgan 
investisiyalarning 349357,2 ming so‘mga ko‘payishi va investisiya manbalarining 
asosini o‘z mablag‘lari manbai tashkil etishini ijobiy holat sifatida baholash 
mumkin. 
Shundan 
so‘ng, korxonaning investision faoliyatga yo‘naltirilgan 
mablag‘larining samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularning 
dinamik o‘zgarishini omilli tahlil qilish orqali o‘rganiladi (12.12-jadval). 
12.12-jadval 
Korxona investision faoliyatga yo‘naltirilgan mablag‘larning samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
№ 
Ko‘rsatkich nomi 
Aniqlash 
tartibi 
Izoh 

Sotib olingan aksiyalarning 
samaradorlik 
koeffitsiyenti 
(K
a

K
a
= D : A 
bunda: D – aksiyalar uchun berilgan 
dividend summasi; A – sotib olingan 
aksiyalar summasi 

Yo‘naltirilgan 
investisiya-
larning 
samaradorlik 
koeffitsiyenti (K
i

K
i
= F : I 
bunda: 

– 
yo‘naltirilgan 
investisiyalardan 
olingan 
foyda 
summasi; 

– 
yo‘naltirilgan 
investisiyalar summasi. 

Berilgan qarz va kreditlarning 
foydalilik koeffitsiyenti (K
k

K
k
= FT : KQ 
bunda: FT – berilgan kredit va qarzlar 
uchun olingan foiz to‘lovi summasi; KQ 
– berilgan kredit va qarzlar summasi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joiz-ki, korxona tomonidan yo‘naltirilgan 
investisiyalaridan kelayotgan daromadlar jalb qilingan kredit va qarzlar bo‘yicha 


287 
to‘lovlardan past bo‘lsa, bu uning investision faoliyati samaradorligi pastligini 
anglatadi. Shu sababli, korxonaning investision faoliyatiga baho berishda samarali 
moliyaviy richagni aniqlash talab etiladi. Jami yo‘naltirilgan investisiyalardan 
olingan daromadlar, jalb qilingan kredit hamda qarzlar uchun to‘lovlardan yuqori 
bo‘lsa, bu moliyaviy richagning samarali nuqtasi aniqlanganidan dalolat beradi, 
shuningdek o‘z mablag‘lar manbaining o‘sishiga erishiladi va aksincha bo‘lishi 
mumkin. 
Shunday qilib, samarali moliya richagini aniqlashda uning muhim ikki 
jihatga e’tibor qaratish zarur: 
birinchidan,
jami investisiya manbaalarining rentabelligi, jalb qilingan kredit 
va qarzlar uchun to‘lanadigan foizdan yuqori bo‘lishiga; 
ikkinchidan, 
jami investisiya manbalari rentabelligining, jalb qilingan kredit 
va qarzlar uchun foizlar, shuningdek inflyasiya darajasidan yuqoriligiga e’tiborni 
qaratishni talab etadi. 
Birinchi holatda, samarali moliya richagi, inflyasiya darajasini inobatga 
olmagan holda o‘z mablag‘lar manbaining o‘zgarishiga qanchalik ta’sir etishi 
quyidagicha aniqlanadi (MR
s
): 
MR
s
= (1-I
d
) × (M
r
- KQ
C) 
× (KQ : O‘MM), (12.12) 
bunda: 
I
d

foydadan 
olinadigan 
soliq 
stavkasi 
koeffitsiyenti,
M
r
– investisiyalar rentabelligi (%), KQ
s
- kredit va qarzlar uchun mo‘ljallangan o‘rtacha foiz 
stavkalari (%), KQ - hisobot davrida olingan kredit va qarzlarning o‘rtacha qiymati, O‘MM - 
hisobot davridagi o‘z mablag‘lar manbaining o‘rtacha qiymati. 
Samarali moliya richagining inflyasiya darajasini inobatga olgan holda o‘z 
mablag‘lar manbaining o‘zgarishiga ta’siri quyidagicha aniqlanadi (MR
si
): 
MR
𝑠𝑖
= (
KQ
O‘MM
) × (1 − I
𝑑
) × (M
𝑟

KQ
s
1+
Ii
100
) + (𝐼
𝑖
×
KQ
O‘MM
)
, (12.13) 
bunda: I
i
– inflyasiya ko‘rsatkichi. 
Samarali moliya richagining inflyasiya darajasini inobatga olgan va inobatga 
olmagan holda o‘z mablag‘lari manbaining o‘zgarishiga ta’sirini hisob-kitob qilib 
aniqlaganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (12.13-jadval). 


288 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin