116
Izoh:
mashq barmoqlar harakatini shunday rivojlantiradiki, bola
keyinchalik qiynalmasdan mayda harflarni yoza oladi. Mashqni
bajarish jarayonida bolada diqqat barqaror bo‘ladi hamda o‘z ichki
hissiyotlarini nazorat qila olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Agar munchoq
qo‘lidan tushib ketsa, u mustaqil ravishda o‘z xatosini o‘zi tuzatishi
kerak. Mashq boladan aniq va to‘g‘ri harakat bajarishni talab etadi.
4-mashq. “Qaychi bilan qanday qirqamiz” (2-5 yosh bolalar
uchun).
Mashq maqsadi:
kichkintoylarda qo‘l harakatlarini boshqarish
malakalarini rivojlantirish. Qo‘l muskullarini mashq qildirish.
Diqqatni jamlashga o‘rgatish va yozishga tayyorlash.
Kerakli jihozlar:
stol ustida bolalar qaychisi, bir nechta qalin
rangli karton. Ayrim kartonlarda qirqish chizig‘i chizib qo‘yiladi.
Mashqning borishi:
stol ustiga qaychi va rangli kartonlar
qo‘yiladi.
Bola o‘ng qo‘li bilan qaychini ushlaydi va kartondan mayda bo‘lak-
chalar qirqadi. Keyinroq chiziq bo‘ylab qirqadi va asta-sekin turli
shakllarni ham qirqa boshlaydi.
Izoh:
bu mashq orqali unda yozish malakasi emas, balki qaychini
ushlash hamda chiziqlar bo‘ylab to‘g‘ri qirqish ko‘nikmasi
shakllanadi. Shuningdek, bola qaychini ushlash va qog‘ozda aniq
chiziqlarni qirqishga tayyorlanadi. Mo‘ljalni to‘g‘ri olish malakasi
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: