3
KIRISH
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning
azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni
qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash
yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar.
Bular esa hamisha
bolalar ta’lim-tarbiyasi oldidagi dolzarb yechimtalab muammolardan
biridir. Bugun maktabgacha ta’limi oldida ham shu savollar
ko‘ndalang turibdi. Sababi uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini
hisoblangan maktabgacha ta’limda eng asosiy fundamental bilimlar
shakllantirilishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta’lim
tizimining
barcha bo‘g‘inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz
ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun, jumladan,
barcha fanlar
qatorida Maktabgacha ta’lim - tarbiyani tashkil etish fani bo‘yicha
ham zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‘quv
qo‘llanmalarni yaratishni taqzo etmoqda. Shu boisdan Maktabgacha
ta’lim-tarbiyani tashkil etish faniga oid zamonaviy bilimlar tizimini
bo‘lajak tarbiyachi pedagoglarga o‘qitish dolzarb vazifalardan
hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda “Maktabgacha ta’lim
konsep-
siyasi” hamda maktabgacha ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quv-
metodik majmualarda bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish
imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. MTT
tarbiyalanuvchilarining bilish faoliyatlarini rivojlantirish tarbiyachi-
pedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etishlariga bevosita
bog‘liqdir. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim
sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual
salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish kabi yo‘na-
lishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiq
etish va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan didaktik tizim sifatida ko‘rib
chiqishda bolalar aqliy salohiyatini
rivojlantirishda tarbiyachi-
pedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish texnologiyasini
takomillashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan
maqsad – ta’limning keyingi bosqichida ijodiy va mustaqil fikrlay
oladigan shaxsni tarbiyalab berishdan iborat.
4
Ushbu darslikda Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini
o‘qitishning maqsad va vazifalari – bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim-
tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga doir bilimlar bilan
qurollantirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan
talablar,
tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllan-
tirishning pedagogik asoslari kabi masalalar yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi
bilan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida Oliy ta’lim
muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, jismonan
sog‘lom ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy
nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq, yoshlarni tarbiyalash, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni ijodiy va
intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berilgan
Dostları ilə paylaş: