9
yillarini,
mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni
ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish pedagogika
fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil
etishning nazariyasi va
amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya
berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan
boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan
bog‘lab olib borishning zarurligi, bola
shaxsining shakllanishida
ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika
fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator
tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lu-
mot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: