5
I. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYANI
TASHKIL ETISH FANINING UMUMIY ASOSLARI,
MAZMUNI, MOHIYATI VA PREDMETI
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
maktabgacha ta’lim-
tarbiyani tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimi, Forobiy, Beruniy,
fanning predmeti va vazifalari, tarbiya, ta’lim, ma’lumot, o‘qitish,
rivojlanish, pedagogik madaniyat
I.1.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining
umumiy asoslari
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning
azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni
qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash
yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika
fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Insonni ma’rifatli va
ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida
amalga oshiriladi.
Pedagogika – yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» ma’nosini
bildiradi.
Insonlarni
ma’rifiy
va
ma’naviy
barkamollikka
munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq
orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan
sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin
egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar
ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ta’lim-
tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda uning
ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan
bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim-tarbiya
tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya,
jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy,
Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abu Ali Ibn
Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolar
ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining
asoschilari Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-
qulub”i, Kaykovusning “Qobusnoma”si kabi asarlari bunga dalildir.
Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish
yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirilishi
6
mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Bu davrda haqiqiy bilimga
asoslangan ta’limiy uslub shakllandi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar
diqqat markazida bo‘ldi.
Farobiyning ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson
takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor
berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan.
“Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida”,
“Ilmlarning kelib chiqishi” kabi maorifiy asarlarida olimning tarbi-
yaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda
ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish
kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini
ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat,
muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni
sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilarning johil
bo‘lishi, haqiqatni bila olmasliklarini ta’kidlaydi. Ibn Sino bilim
olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib
boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda
bolaning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy
mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikr rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning
pedagogik, nazariy qarashlari “Inson tarbiya predmeti sifatida” degan
mukammal asarida bayon qilib berilgan. “Ona tili”, “Bolalar dunyosi”
kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi,
ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi
Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning
“Buyuk didaktika” asari haqli ravishda pedagogika sohasida
yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari “Onalar
maktabi” degan maktabgacha ta’lim qo‘llanmasi va bir qancha
kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik naza-
riyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani
ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning
biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish
xususiyatlarini hisobga olishi shart,-deydi. Komenskiy o‘qishga
hammaning jalb qilinishini, hamma umumiy ta’lim olishi kerakligini
7
uqtiradi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” qabul qilinganiga qadar ham biz maktabgacha ta’lim
to‘g‘risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yangicha
yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan maktabgacha
ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog‘lom
bo‘lib o‘sishini ta’minlaydi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi,
unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi
tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha
ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta’lim muassasalari,
bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter
savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan kunga ko‘payib
bormoqda.
Bularning
hammasi
maktabgacha
yoshdagi
farzandlarimizni “Ta’lim to‘g‘risida”gi talablar asosida tarbiyalash
uchun shart-sharoit yaratmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi maktabgacha
ta’limga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog‘lom va qilib
tarbiyalab, maktab ta’limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha
oilada,
bolalar
bog‘chasida
olib
boriladi.
2022-yilda
takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarida
bolalarning tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lganlari beshta asosiy
rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida
kichik sohalarga ajratilgan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir
nechta talablardan va kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan
iborat. Bunda quyidagi yo‘nalishlar asos qilib olindi:
– jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
– ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
– nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
– bilish jarayonining rivojlanishi;
– ijodiy rivojlanish.
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining o‘quv Davlat
dasturi
2018-yil yaratildi va 2022-yilda qayta takomillashtirildi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivoj-
lanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan
me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassa-
sasining maqsad va vazifalari, o‘quv tarbiyaviy faoliyatining asosiy
8
g‘oyalari ifodalangan. Bolaning ta’limning keyingi bosqichiga
o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi.
Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |