Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari 


10 
I.
3. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining 
boshqa fanlar bilan aloqasi 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jamiyat va insonni 
o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Maktabgacha 
ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, 
anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari


11 
falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar 
tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini 
belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya 
masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini 
ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa 
ekaniligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida 
tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni 
ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy 
tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq 
to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, 
metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning 
axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda 
axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni 
rivojlanishining 
umumiy 
qonuniyatlarini 
o‘rganadi, 
nafosat 
tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabagacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani boshqa fanlardan 
biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq holda 
rivojlanadi. 
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi 
navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining 
xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir 
va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi 
ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim 
pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning 
qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va 
shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib 
borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining 
asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya 
berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik 
xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya 
jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun 
yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. 


12 
Insonning voqelikni belgilovchi hamda uning xulq-atvorini
boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi
fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi 
va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan 
holat va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va 
hokazo) tadqiq qiladi. 
Yosh psixologiyasi maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish 
fanini turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu 
tarbiyaviy ta’sirni ular qanday qabul qilinishini aniqlashda yordam 
beradi. 
Psixologiya shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga 
xos xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim 
berishning ratsional mazmun, metodini asoslash va shaxsning 
shakllanish jarayonini to‘g‘ri loyihalash imkonini yaratadi. 
Pedagogika jamoani tashkil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni 
jamoada va jamoa orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda 
sotsial psixologiya bilan qurollanadi. 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jismoniy 
rivojlanish masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, 
uning faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy 
va sotsial gigiyena, mehnat gigiyenasi, maktab gigiyenasi, pediatriya 
va boshqa fanlarning erishgan yutuqlaridagi xulosalardan foydalanadi. 
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani
tashkil etish fani umumiy peda-
gogika bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning 
umumiy qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tar-

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin