Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” tushunchasi qanday
mazmunni anglatadi?
2. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani nimani o‘rganadi?
3. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining obyekti va 
predmetini izohlang.
4. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining asosiy vazi-
falariga nimalar kiradi?
5. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning asosiy katego-
riyalarini sanang va mohiyatini yoriting. 
6. “Ta’lim”, “Tarbiya”, “Bilish”, “Ma’lumot” deb nimaga aytiladi? 
7. “Shakllanish” va “Shaxsning shakllanishi” deb nimaga aytiladi? 
8. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish qaysi fanlar bilan o‘zaro 
bog‘liq? 
9. “Ma’lumot”, “O‘qish”, “O‘qitish” deb nimaga aytiladi? 
10. Jumlani to‘ldiring. …...pedagogikaning muhim tarkibiy qism-
laridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va 
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi”. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
II. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING 
RIVOJLANISH TARIXI 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
maktabgacha ta’lim tarixi, 
maktabgacha ta’lim konsepsiyasi, Fridrix Frebel, “olloh ekinlari”, 
“bog‘bon qizlar”, Frebel tuhfalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 
maktabgacha yosh, faoliyat, ta’lim
II.1. Maktabgacha ta’lim tarixi 
XIX asming ikkinchi yarmi - XX asrda Shveysariya, Angliya 
va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix 
Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. 
Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u 
maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha 
pedagogikani mustaqil fan tarmog‘iga ajratilishiga ko‘maklashdi. 
Ayni paytda u ilk bor “bolalar bog‘chasi” tushunchasini muomalaga 
kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852). Fridrix Frebelning pedagogik tizimi – 
bolalar bog‘chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib taqaladi. 
Bolalar bog‘chasining asoschisi deb taniqli nemis pedagogi Fridrix 
Frebel e’tirof etiladi. Aynan u Germaniyaning Bad-Blankenburg 
shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini “bolalar 
bog‘chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy tarzda 
qabul qilindi. Shunday savol tug‘iladi: Nima sababdan muassasa 
“bolalar bog‘chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga ko‘ra, F.Frebel 
bolalarni “olloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular g‘amxo‘rlik va 
parvarishga muhtoj o‘simliklar bog‘i hisoblanadi. Yana bir taxmin 
shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi “Saroy bog‘ida” deb 
nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni parvarishlash bo‘yicha 
birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini muassasaga olib borar 
ekan, shaharcha aholisi boqqa ketyapmiz, deb aytgan. Chunki bolalar 
bog‘chasi o‘zining dizayniga ko‘ra gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog‘ 
bo‘lgan. Bolalar bog‘chasi tarbiyachilarni nemis pedagogi “bog‘bon 
qizlar” deb atagan, bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, 
pedagoglarni bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun 
ko‘maklashishga da’vat etgan. Frebelning bolalar bog‘chalari 
shuningdek, vaqtincha oila o‘rnini bosish va ota-onalarga tarbiya 
ishlariga yordamlashish uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar 
birga kelishi, ular bilan o‘ynashi va bog‘bon qizlardan o‘rganishi 
mumkin bo‘lgan. Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar 


20 
bog‘chasining ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubi-
yotining yaratilishi bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz 
mehr tashkil qiladi. Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab 
o‘taylik: o‘yin, nutqni rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat 
bilan o‘rab olish, jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan “Frebel 
tuhfalari”. Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel 
o‘yinlarni o‘z uslubiyotining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, 
fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan 
Frebel didaktik о‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik 
o‘yinlar va turli tuman mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy 
ko‘rsatmalarni ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday 
e’tiqodni shakllantirdiki, “bolalar o‘yini – bu turmush ko‘zgusi va 
ichki olamning erkin namoyishi”dir. Frebel mayda motorika 
yordamida bolalar nutqini rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi 
va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini 
batafsil ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini 
atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan. Nemis 
pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab mashqlar 
bajaruvchi bolalar boshqa bolalardan ancha avval so‘zlay boshlaydi. 
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg‘ulotlarni taklif 
etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog‘ozlar, bo‘yoqlar 
bilan ishlash, rasm chizish, qog‘ozdan to‘qish, qog‘ozni qirqish, 
loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan (ya’ni 
qaychidan foydalanmasdan turib, qog‘ozdan shakllar yasash). 
Shuningdek, olimning bog‘chasida arqonli o‘yinlar, qum o‘ynash, 
konstruksiyalar yasash uzviy mashg‘ulotlar hisoblangan. Bular ijodiy 
qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni abstrakt holda 
qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish layoqatini 
rivojlantirishga ko‘maklashadi. О‘yin jarayonida bolalar bilan 
suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi Frebelning 
fikricha, avvaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan shug‘ullanish 
va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash kerak. Ushbu g‘oyani u 
chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi va uni keng 
ommalashtirish bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Frebel 
jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi deb bilgan. Shu sababli u bolani 
majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, ya’ni uning bolalar 
bog‘chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. U bolaning tanasini 


21 
rivojlantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini mashq qildirish, ularni 
odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb hisoblagan. Shu kabi 
о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash, bog‘dagi o‘simliklar 
kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish kerak, deb bilgan. Ayni 
paytda har bir bolaning individualligini yodda tutishga da’vat etgan. 
Shu sababli bog‘da katta gullar to‘plami bo‘lgan, bolalar gullarni 
guruh bo‘lib parvarish qilgan, ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan 
o‘simlik ekilgan tuvak ham bo‘lgan. F.Frebel uslubiyotining g‘oyasi – 
barcha narsalar bolalarga. Olim bolalarga hayvonlar haqidagi 
voqealarni aytib bergan, zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko‘rishini 
tushungan. So‘ngra bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. 
Shu sababli uning tarbiyalanuvchilari gullarni mustaqil parvarishlay 
boshlagan. Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini 
sezgan. Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshlagan va 
“bog‘bon qizlar”ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan. 
F. Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shavqatsizlik 
namoyishlariga qarshi bo‘lgan. Fridrix Frebel haqida so‘z ketganda 
uning “tuhfalarini” alohida eslatish kerak. 
“Frebel tuhfalari” – bu olim tomonidan ishlab chiqilgan 
didaktik material bo‘lib, bolani ilk yoshda rivojlanishiga mo‘ljal-
langan. Bu bolaning turli ko‘nikmalari va layoqatlarini mashq qil-
diruvi o‘yinchoqlar tizimidir. Har bir o‘yinchoq bolani rivojlantirishga 
ko‘maklashadi hamda undan foydalanishda muayyan qoidalarni 
ko‘zda tutadi. F. Frebel 6 ta nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa – bu koptok. Bu birinchi o‘yinchoq, chunki 
sharning burchaklari yo‘q, bola uchun qulay. Material sifatida 
ko‘pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptoklar taklif 
qilingan. Har bir koptokka ip bog‘langan. Bolaga turli rangdagi 
koptokni ko‘rsatish orqali ona uni ranglarni farqlashga o‘rgatgan. 
Koptoklar turli ranglarga bo‘yalgan. Ular orasida qizil, yashil, sariq, 
to‘q sariq, oq, ko‘k va binafsha rangli koptoklar bo‘lgan. Shar-
koptokni turli tomonga: yuqoriga-pastga, chapga-o‘ngga, oldinga-
orqaga tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani 
makondagi harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan 
tanishtirish maqsadida ona sharni kaftiga qo‘yib, so‘ng uni yashirar 
ekan, “Koptok bor – koptok yo‘q” deb aytadi.
Ikkinchi tuhfa – kichik o‘lchamli yog‘och kub, shar va silindr 
bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik 


22 
tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolarning turli shakllari 
bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan sharning 
aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, kubik esa
barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi hisoblanadi. Shu 
narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo unga qaysi tomondan 
qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha bo‘ladi: qirrasi, tomoni, 
uchi bilan. Silindr sharning ham, kubning ham xossalarini birlash-
tiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa – bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub 
o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa – to‘rt bo‘lаkkа. Buning 
yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy 
qismlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z ijodini 
rivojlantirish, 
kubiklardan 
narsalar 
qurish, 
ularni 
turlicha 
kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi tuhfa – bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta 
plitkaga bo‘lingan. Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa 
to‘rtta cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik 
tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa – bu 27 ta mayda kubiklarga bo‘lingan kub, 
ulardan to‘qqiztasi yanada mayda bo‘laklarga bo‘lingan.
Oltinchi tuhfa – bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, 
ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra 
bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo‘yicha bolalar bog‘chasining maqsadi va 
tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
– faoliyatning 3 ta turiga - o‘yin, o‘quv, mehnatga yo‘naltirilganlik; 
– bola hissiyotlarini rivojiantirish;
– bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
– ko‘rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni ang-
lash;
– odamlar bilan muloqot qilish; 
– bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish; 
– bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.
F. Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki, 
uning pedagogik yondashuvlari K.D. Ushinskiy, E.A. Flyorina, G.N. 
Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel 
nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, avvalo, quyidagilar: 


23 
– bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi “tuhfalar” tizimiga 
almashtirilgan; 
– bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi; 
– bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;
– bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z.
Shunga qaramay, F. Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero u 
nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi bolaning ijodiy 
salohiyatini namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadigan sharoitni 
ta’minlovchi muhitni yaratish bo‘lgan. Ayni paytda bu bolada 
noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, 
masalalarni hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi. 
Maktabgacha tarbiya g‘oyasini targ‘ib etish va bolalar bog‘chalarini 
ommalashtirish yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Olim 
bolalarning yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab chiqish 
orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi. Ko‘plab 
mamlakatlarda bolalar bog‘chalari maktabgacha tarbiya tizimida 
yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya tarixida 
birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, uslubiy ishlab 
chiqilgan, amaliy qo‘llanmalar bilan boyitilgan tizimini yaratdi. 
Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda Fridrix 
Frebel kursi qoshida Petrograd maktabgacha ta’lim institutining 
tashkil etilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu ta’lim maskanida 
maktabgacha ta’lim bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlangan, shu 
bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
1919-yilda xalq maorifi kommisariyati tomonidan maktabgacha 
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha butun ittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Bunda 
ijtimoiy maktabgacha ta’lim sohasini tashkil etish, bola tarbiyasining 
nazariy-amaliy masalalari o‘rin oladi. Maktabgacha ta’limga 
bag‘ishlangan butun ittifoq anjumanlar:
– 1921-yil – ikkinchi anjuman;
– 1924-yil – uchinchi anjuman; 
– 1928-yil – to‘rtinchi anjumanlar bo‘lib o‘tgan.
Bu anjumanlar ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini 
kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta’minot masalalari, shu 
bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim sohasini ilmiy tadqiqot 
ishlarining nazariy va amaliy jihatlarini yoritadi. Maktabgacha ta’lim 
pedagogika sohasi rivojiga pedagog olim va psixologlardan 
S.T.Shaskiy, 
V.N.Shasskaya, 
L.K.Shleger, 
Ye.LTixeyeva, 


24 
L.I.Chulishskaya, Y.A.Arkin, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy va bosh-
qalar katta hissa qo‘shganlar. Maktabgacha pedagogika bo‘yicha dast-
labki qo‘llanma “Ilk yosh pedagogikasi va maktabgacha ta’lim bo‘yi-
cha metodik xatlar” nashr ettirildi. 1930-yillarga kelib, maktabgacha 
pedagogika sohasi jadallik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda 
maktabgacha bolalar muassasalari soni ham o‘sib bordi. Maktabgacha 
pedagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan 
A.R.Luriya, S.L. Rubenshteyn, B.G. Ananyev, pedagog-olimlardan
P.N. Gruzdeva, Y.N. Medinskiy, I.F.Svadkovskiylarning roli katta 
bo‘ldi.
1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan “Doshkolnoe 
vospitanie” jurnali nashr etildi. Bu jurnal o‘z ichiga quyidagi bo‘lim-
lar:
– maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyoti; 
– maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va jihozlash
– metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik qo‘llanmalar); 
– chet ellarda maktabgacha ta’lim tizimi; 
– ilg‘or ish tajribalaridan namunalar 
Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun maslahatlardan iborat 
bo‘lgan. Maktabgacha pedagogika sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot 
ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blonskiy 
(1884-1941) “Maktabgacha ta’limga kirish” (1913-y), “Bolalarning 
yosh xususiyatlari” (1934-y) ko‘nikmalari muallifi, asosan, bola-
likning ilk yosh davr xususiyatlari ustida tadqiqotlar olib borgan 
olimdir. Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u 
maktabgacha ta’limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik texnikum tashkil 
etilgan. U tomonidan “Bolalar mehnati va dam olishi” deb nomlangan 
jamiyat ish olib borgan. Uning “Deti – rabotyagi budushego” (1908) 
asari bolalar tarbiyasining muhim jihatlarini keng yoritib bergan. 
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) – maktabgacha ta’lim sohasi 
bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olima. U tomonidan “Materiali dlya besed 
s malenkimi detmi” “Prakticheskaya rabota v detskom sadu” (1915) 
nomli kitobida bolalarning o‘yin va mehnat faoliyatini tashkil etish 
masalalari o‘rin egallagan. U maktabgacha ta’lim bo‘yicha kadrlar 
tayyorlash ishida faol ishtirok etgan. Lidiya Ivanovna Chulitskaya 
(1870-1938) taniqli pedagog, shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi 
bo‘yicha olima. Uning “Gigiyena detskogo sada” (1923 g), “Gigiyena 


25 
detskogo vozrasta” (1938 g), “Razvitie dvijeniy u detey na pervom i 
vtorom godu”, “Igri v doshkolnom vozraste” asarlari maktabgacha 
ta’lim sohasi rivojida muhim o‘rin tutdi. Shuningdek, u maktabgacha 
ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog‘chalarining sanitariya 
holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan. Yelizaveta Ivanovna 
Tixeyeva (1867-1943) pedagogik faoliyatini XIX asrning 90-yillarida 
boshlagan, 1913-1917-yillarda u Sankt-Peterburg jamiyatining 
maktabgacha ta’lim bo‘limining rahbari bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 
1920-yilda Y.LTixeyeva – Petrograd maktabgacha pedagogika insti-
tutining professori, keyinchalik A.I.Gersen nomli Pedagogika 
institutida ma’ruzalar o‘qigan. Uning rahbarligida institut qoshida 
tashkil etilgan bolalar bog‘chasi ilmiy-tadqiqotlar va laboratoriya 
bazasi bo‘lib hisoblangan. Muassasada nutq o‘stirish, sensor tarbiya, 
mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikalari bo‘yicha 
ishlar olib borilgan. Uning “Detskiy sad” (1928), “Razvitiye rechi 
doshkolnika” (1937) nomli kitoblari maktabgacha yoshdagi bolalar 
tarbiyasi rivojiga katta hissa qo‘shdi. 
Lev Semenovich Vigodskiy (1896-1934) umumiy va 
maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasi bo‘yicha tadqiqotlar 
olib borgan. U psixik jarayonlarning aqliy tarbiya va ta’limga 
bog‘liqlik masalalari, turli yosh davrlar xususiyatlari ustida ish olib 
borgan. Uning “Obucheniye v razvitie v doshkolnom vozraste” nomli 
risolasida bolalar bog‘cha programmasi tuzishda psixologik 
jarayonlarga ahamiyat qaratilishi ta’lim, bilim berish, o‘qitish masa-
lalari yoritib berilgan.
Anton Semenovich Makarenko – (1888-1939). Taniqli pedagog 
va yozuvchi bo‘lib o‘z Vatani va chet ellarda o‘zining pedagogik 
asarlari bilan mashhur bo‘lgan. U 1920-yilda “Bolalar koloniyasi”ni 
tuzdi. Unda voyaga yetmagan va tartibbuzar bolalar tarbiya qilindi. 
1927-yilga kelib F.E. Dzerjinskiy nomli bolalar kolonnasini tashkil 
etdi. U Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash (o‘yin, 
mehnat va boshqa faoliyatlarda) usullarini ko‘rsatib bergan. U 
ta’limda “Metodika organizatsiya vospitatelnogo protsessa”, “Stil 
rabot s kollektivom” “Stil vospitaniya”, “Obshiye usloviya semeynogo 
vospitaniya” nomli risolalarni yaratgan. Olim oilada bola tarbiyasi 
masalalari bo‘yicha ham tadqiqotlar olib borgan. O‘tgan asrning 40-
60-yillariga kelib, maktabgacha ta’lim sohasi jadallik bilan rivojlandi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan talab ortishi munosabati 


26 
bilan turli yo‘nalishdagi sanatoriya, bolalar internatlari tashkil etildi. 
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda 1943-yilda Pedagogika 
fanlari akademiyasida maktabgacha ta’lim sektorining tashkil etilishi 
katta voqea bo‘ldi. Bu yillarda bolalarning aqliy tarbiyasi muam-
molari, elementar matematika nazariyasi va metodikasi bo‘yicha 
tadqiqot olib borgan pedagog A.M. Musina maktabgacha pedago-
gikaning didaktik materiallari asosini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan. 
I. Xachapuridze maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyati 
bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Y.A. Flerina bolalar bog‘chasida 
ta’lim-nazariyasini (o‘qitish) ishlab chiqqan pedagog olima. 
A.P.Usova kabi pedagog-olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
izlanishlar maktabgacha ta’lim sohasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Yefim Aronovich Arkin (1873-1948) – pedagogika fanlari doktori, 
shifokor va pedagog olim. U bolalar jismoniy tarbiyasi, bolalar 
gigiyenasi sohasida ilmiy asarlarni yaratdi. Uning asarlari: 
“Doshkolniy vozrast” (Maktabgacha yosh) (1948), “Ota-onalar uchun 
qo‘llanma va ta’lim”. U turli yosh davrning jismoniy va psixik 
rivojlanishi qonuniyatlarini ishlab chiqqan olimdir. Yevgeniya 
Aleksandrovna Flerina (1888-1952) – taniqli olima, pedagogika fan-
lari doktori, professor, pedagogika fanlar akademiyasi muxbir a’zosi. 
U ijtimoiy maktabgacha ta’lim tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borishga yetakchilik qilgan. U maktabgacha yoshdagi bolalarni 
tasviriy estetik jihatdan rivojlantirish muammolari ustida ish olib 
borgan. Uning rahbarligida “Maktabgacha pedagogika” darsligi 
yaratilgan. Shuningdek, u maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini 
o‘stirish metodikasi ustida tadqiqotlar olib borgan. U “Esteticheskoe 
vospitanie doshkolnika” va bir qancha qo‘llanmalar muallifidir. 
Aleksandra Platonova Usova – maktabgacha pedagogika sohasida 
ko‘zga ko‘ringan olima, pedagogika fanlari akademiyasi muxbir 
a’zosi. U 1930-1941-yillar mobaynida A.I.Gertsen nomli Leningrad 
davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim kafedrasini, 1945-
1960-yillar maktabgacha ta’lim sektori va didaktika sektorini 
boshqargan. U maktabgacha yosh davrining o‘yin, ta’lim, sensor 
tarbiya, pedagogik jarayonlarni tashkil etish muammolari ustida ilmiy 
tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bolalar bog‘chasi 
programmasi barcha metodikalar bo‘yicha qo‘llanmalar yaratildi. U 
tomonidan: “Obucheniye v detskom sadu” (1970), “Sensornoe 
vospitaniye doshkolnikov” (1963), “Russkoye narodnoye tvorchestvo 


27 
v detskom sadu” (1972) kabi manbalar yaratilgan. Nina Pavlovna 
Sakulina (1900-1976) – pedagogika fanlari doktori, tasviriy faoliyat 
bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog. U san’at institutidagi 
maktabgacha sektori bo‘limini boshqargan. A.P. Usova, A.V. 
Zaporojes kabi olimlar bilan birgalikda maktabgacha yoshda sensor 
tarbiya tizimini ishlab chiqishda qatnashgan. U tomonidan 
“Risovaniye v doshkolnom detstve” (1965) asari K.D.Ushinskiy 
mukofotiga sazovor bo‘lgan. U asosiy diqqatini maktabgacha ta’lim 
ishlariga, tarbiyachi, metodist, o‘qituvchilarga metodik yordam 
berishga qaratdi. Oradan yillar o‘tdi, ko‘p narsalar hozirgi davr 
qarashlariga 
mos 
ravishda 
qaytadan 
ko‘rib 
chiqilmoqda, 
yangilanmoqda. Rivojlanishning yangi bosqichida, globalizatsiya va 
axborot oqimini hisobga olgan holda F.Frebelning pedagogik 
yondashuvlari hamon maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llanilmoqda. 
Yuqorida sanab o‘tilgan usullar, zamonaviy yondashuvlarga mos 
holda uslubiy qayta ishlangani holda maktabgacha ta’lim muassa-
salarida qo‘llanilmoqda. Endi esa xayolan o‘tmish va maktabgacha 
ta’limning zamonaviy yondashuvlari o‘rtasida ko‘prik yasaymiz.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli 
vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni hal 
qilishga, nafaqat an’anaviy, balki noan’anaviy ijodiy yechimlar topa 
bilishga va ularni hayotga joriy etishga o‘rgatish kerak. Buning 
yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish va maktabga 
tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ta’limning tahlili shuni ta’kidlash imkonini beradiki, zamonaviy 
ta’lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. O‘zbekistonning 
maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv ta’lim ishlari “O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‘yiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim 
muassasasining davlat o‘quv dasturi” asosida olib borilmoqda. “Ilk 
qadam” MTTsining Davlat o‘quv dasturiga muvofiq turli yosh 
guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida ish olib borilishi 
belgilangan: “Til va nutq”, “Ilm-fan va tabiat”, “Qurish-yasash, 
konstruksiyalash va matematika”, “San’at markazi”, “Syujetli-rolli 
o‘yinlar va sahnalashtirish.” Guruh bolalari o‘z istagiga binoan 
xohlagan mazkur markazlardan birini tanlab, faoliyat olib borishi 
mumkin. Taqqoslash asosida, maktabgacha ta’limning tarixi bilan 
hozirgi holati o‘rtasida qiziq bir o‘xshashlikni qayd etamiz. E’tibor 


28 
qiling, aynan F.Frebelning “bolalar bog‘chasi”da ta’limga nisbatan 
yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. Xususan, bu 
jihat bolalar bog‘chasida bolalar faoliyatini tashkillashtirishda 
namoyon bo‘ladi. Bunda, masalan, xonaning bir burchagida bolalar 
guruhi yog‘och kublardan minora yasaydi, boshqa burchagida esa - 
ikkinchi guruh barmoqlari bilan chizish orqali katta rasmni chizadi. 
Bunday faoliyat davomida ular quyidagi turdagi masalalarni hal 
qiladi: “Qanday qilib qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima 
bo‘ladi - yiqiladimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar 
qo‘shish mumkin? Qanday geometrik shakllarni qo‘shish mumkin?” 
va h.z. Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda 
boyitilgan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib 
olingan. Butun o‘quv yili davomida mavzu belgilangan va har bir oy 
uchun mavzuning nomi ko‘zda tutilgan. Har bir oyning nomi o‘z 
nomiga ega mavzuli to‘rtta haftaga bo‘lingan va h.z. Shunday qilib, 
bolaning faoliyatida uning xatti-harakatlari rivojlanishining asosi 
hisoblanadi. Masalan, kubiklardan, geometrik shakllardan uy 
quradimi, ertak, hikoya to‘qiydimi va h.z. Muhimi, u izlanishda 
bo‘ladi, o‘ylaydi, individual ravishda va hamkorlikda qarorlar qabul 
qiladi. Bu esa bolaga o‘zining ijodiy faolligini namoyish etishi uchun 
keng imkoniyatlar yaratadi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha 
ta’lim-tarbiya sohasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar 
natijasida ushbu fanning metodologik asoslari yaratildi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin