II. 2. О‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi
va taraqqiyot bosqichlari
O‘rta Osiyoda XIX asrning 80-90- yillariga kelib, bolalar
maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari tatbiq etila boshlandi. O‘sha
davrda taraqqiyparvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash
ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko‘rib, ularning
qismatini yengillashtirishga intila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari
1872-yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan
edilar. “Jamiyati xayriya” tashkiloti tomonidan miskinlar uylari,
tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan
bolalar uchun yetimxonlarni tashkil etdi.
Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda taxminan
150-200 kishini o‘z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshli
bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham qamrab olgan.
29
1896- yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning
bolalari uchun “yasli”lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi.
Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va
maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan, bolalar kun bo‘yi yaslida
bo‘lishar va uch marta ovqatlantirilar edi. Yasli ishlarini nazoratchi
ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu
muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka) qat’iyat bilan
o‘rgatilgan. Shuningdek, bolalarni oddiy o‘qishga, yozishga,
sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga
o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab shunday yaslilardagi bolalar soni 50-
60 boladan oshmas edi.
Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkent,
Samarqand, Sirdaryo, Namanganda yetimxonalar tashkil etilgan.
Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891-yilda “Bog‘dorchilik”
jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va
maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi xilida” birinchi
bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi istirohat bog‘i
maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq,
qayiqlar, katta arg‘imchoq(ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil
o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o‘rinni egallab,
bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi.
1891-1903-yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog‘cha bir
necha marta yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri
ostida Toshkentda 1903-yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy
to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak harbiy ministr va xalq maorifi
tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni:
1. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va tako-
millashtirishda yordam berish;
2. Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini bosh-
qaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog‘chasining yagona
tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga
yaqinlashtirishni qo‘yadi.
Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan.
Ta’lim-tarbiya to‘garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining
tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi, shu sababli
to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni
muhokama qilishar edi.
30
Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha
bo‘lgan ikki xil yosh guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va
ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi. Harakatli o‘yilar, xor
bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan
narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval
tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan,
bu ishlar mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshirilgan.
Ta’lim-tarbiya to‘garagi bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ish
saviyasini oshirishga yordam berdi. Tarbiyaviy ish mazmuniga
muayyan tizim, xilma-xil ish shakllari kiritildi. Lekin maxsus tayyor-
garlikka ega bo‘lgan tarbiyachilar bo‘lmaganligi sababli ko‘pincha
bog‘cha tarbiyaviy ishining mazmuni betartib amalga oshirilar edi.
1903-1914-yillar davri maktabgacha tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya
g‘oyalarining jadal suratda o‘sishi bilan xarakterlanadi. Sirdaryo,
Samarqand, Toshkent shahrida bolalar bog‘chalari kabi ayrim
bog‘chalar yuzaga keldi. 1909-1910-yillarda va keyinchalik xususiy
bog‘chalar paydo bo‘ldi. Bu bog‘chalarda 6 yoshdan boshlab bolalar
asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar
bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar
ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega bo‘lgan va chet tillarini
biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar
bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi.
Davlat tomonidan ijtimoiy bolalar bog‘chalari faqat 1917-yildan
keyingina yalpi tarzda tashkil etildi.
1917-yil 20-noyabrda xalq komissarlari tomonidan “Maktabgacha
tarbiya yuzasidan dekloratsiya” e’lon qilindi. Bunda: “Bolalarni
ijtimoiy tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug‘ilgan kunidan
boshlanadi”, - deyilgan edi. Maktabgacha tarbiya butun xalq maorifi
tizimining birinchi bo‘g‘ini va tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 1919-yilda
qabul qilingan davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida ijtimoiy
tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida
maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish
haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumiy siyosiy yo‘li asosida
Turkiston ASSR maorifi xalq komissarligi oldida davlat maktabgacha
tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik
ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa ma’suliyatli
vazifalar paydo bo‘ldi.
31
Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918-yilning
ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918- yil 20-oktabrda
Turkiston maorifi xalq komissarligi qoshida Respublikadagi
maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish
uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil
qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining qoshida
maktabgacha tarbiya kichik bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir
respublikada maktabgacha tarbiyaning jonlanishiga yordam berdi.
Maktabgacha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishda:
1. Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan
ta’minlash;
2. Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan mahalliy, milliy
vakillaridan kadrlar tayyorlash;
3. Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan
iborat edi.
“Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va
unda bo‘lim: “3yoshdan 8yoshgacha bo‘lgan maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud
muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi bolalar bog‘chalari,
yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy
yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi, bolalar bog‘chalari
rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil
qilindi”, – deyiladi.
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha tarbiya
muassasalariga jalb etish uchun kurash juda murakkab va qiyin
sharoitda olib borildi. 1918-yilda Toshkentning sobiq eski shahar
qismida o‘zbek bolalari uchun 4ta bog‘cha ochishga muvaffaq bo‘-
lindi.
Birinchi bog‘cha Shayxontoxur dahasida, Hasanova - mudiri,
Mahsuma Qoriyeva va Robiya Abdurashidova tarbiyachi bo‘lib
faoliyat ko‘rsatgan. Ikkinchi bog‘cha Xo‘ja ko‘chasida, Anvar
Yaxshiyeva mudiri bo‘lgan.
Uchinchi bog‘cha Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan.
To‘rtinchi bog‘cha Beshyog‘och dahasida ochilgan bo‘lib, bunda
o‘qituvchi Qodirxonov mudirlik qilar edi.
1920-yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu
jumladan, mahalliy aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar
maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida o‘zbek va boshqa mahalliy
32
millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda
maktabgacha tarbiya muassasalarida hammasi bo‘lib 6394 bola
tarbiyalanar edi. 1921-yilga kelib bolalar bog‘chalarining soni 105
taga, shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar
32 taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni
qariyb 8000 kishiga etdi, ulardan 2000 dan ko‘prog‘i turli
millatlarning farzandlari edi.
Ulug‘ vatan urushi yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va
bolalar maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi.
1994-yil 1 - yanvariga kelib 54 ming bola tarbiyalandi, davlat
tamonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning
bolalar bog‘chalarida ko‘chirib keltirilgan 16000 dan ko‘proq bolalar
tarbiyalandi. Shuningdek ota - onasiz qolgan qariyb 400 bola
vasiylikka olish prinsipiga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
Dostları ilə paylaş: |