Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Ta’lim 
maqsadlari 
Rivojlantiruvchi 
Amaliy 
Tarbiyaviy 
Ta’limiy 


38 
talar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatga bola tomonidan 
o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “axloqiy bos-qichlar”ni bosib 
o‘tish yo‘li). Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolaga 
axloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat 
shakllanadi. Ta’limning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy 
maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarni tanlash 
sharti bilan tatbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy 
faktor bo‘lib xizmat qiladi. Har bir xususiy uslub o‘zining mashqlar 
tizimini yaratib, shu tariqa uslubiy tamoyillar va turli vosita va 
uslublar asosida qurilgan o‘qitishning uslubiy modeli katta 
shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasini tashkil etish hisoblanadi. Di-
daktik va uslubiy modellar birgalikda maktabgacha ta’lim muas-
sasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning yo‘naltiruvchi asosi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim konsepsiyasi bolani maktab 
ta’limiga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini:
–Jismoniy tayyorgarlik (bola rivojlanishining fiziologik darajasi). 
– Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining hissiy, mental 
(aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi).
– Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan ijtimoiy 
rivojlanish darajasi). Maktabgacha ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan 
yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarni belgi-
lashda 3 ta soha inobatga olinadi: bolalar-shaxs, faoliyat va ref-leksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, 
ya’ni aqliy qobiliyatlar-ilmiy ma’lumotlarni farqlash malakalari, 
amaliy faoliyatga ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘Ilash, pedagogik 
vazifalarni malakali hal etish, pedagogik maqsadni belgilash 
(tashkilotchilik qobiliyatlari-o‘qitish va takrorlash uchun optimal 
sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, 
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jihozlari 
bilan ta’minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni 
rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar).
– Pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: 
ma’lum bir ta’lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda 
ma’lumotni taqdim etish qobiliyati, birovni ishontira olish qobiliyati, 
“pedagog-pedagog", “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menejer”, “peda-
gog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tizimi, bolalar jamoa-
sida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).


39 
– Kasbiy tayyorgarlik – pedagogik takt (intellektual mehnat 
xotiraviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib 
tashlab, yangi ajoyiblarini izlash, ushbu va o‘z-o‘zidan ma’lum 
narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish, g‘oyaviy hosildorlik, bolaning 
individual rivojlanishi o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, 
dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
– Refleksiv tayyorgarlik – pedagogik refleksiya (refleksiv 
qobiliyatlar sezgirlikning 3 tizimni o‘z ichiga oladi: obyektiv his etish, 
real haqiqiy bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bolalarning 
qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo‘lishiga, ularning 
pedagogik tizim talablariga mos kelishiga, pedagogning alohida 
sezgirligi; me’yorni his etish va takt turli pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
vositalari ta’sirida bola shaxsiga va faoliyatida sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar, daxldorlik va javobgarlik hissi va sezgirligi bilan 
ta’riflanadi. 
Demak, yuqorida belgilab berilgan tayyorgarlik jarayonlari ta’lim 
jarayonlari yaxlit subyekti rivojlanishining amalga oshirilishidan 
dalolat beradi. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi tashkiliy uslubiy 
jihatdan quyidagi: 

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish tizimini isloh 
qilish. 

Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyor-
lash tizimini zamonaviy tashkil etish.

Respublika bo‘yicha maktabgacha ta’limni dasturiy-uslubiy ta’-
minlash.

Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash sama-
radorligiga erishish vazifalarini o‘z oldiga qo‘yadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, 
avvalambor, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘proq mos keluvchi 
tartibni yaratishdir. Ya’ni, maktabgacha ta’lim muassasasi bola ta’lim-
tarbiyasida davlatning asosiy talablarini qondira oladigan tashkilot 
sifatida qabul qilinishi kerak. Bu bo‘limda maktabgacha ta’lim 
muassasalarini bolalar bilan rejali to‘ldirish ishlari nazarda tutilgan 
bo‘lib, turli yosh guruhlarida 10-12 ta bola, ilk yosh guruhida 6-8 ta 
bola, 3-dan 5 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda 8-10 ta bola, 5dan 6 
yoshgacha 10-12 ta bola bilan to‘ldirilishi, belgilangan me’yordan 
oshib ketmaslik talab etiladi.


40 
1. Bolalarning yoshi, psixologik rivojlanish xususiyatlarini inobatga 
olinadi;
2. Ijtimoiy, shaxsiy va demografik (jinsi yosh) hisobga olinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bolaning o‘sishi va sog‘ligida 
ayrim kamchiliklari (maktabgacha ta’lim muassasasiga qiyinchilik 
bilan moslashadigan, nevrozga moyil, sog‘ligi susaygan) bo‘lgani 
uchun ota-onalar bilan kelishilgan holda (ko‘proq haq to‘lash evaziga) 
kam qamrovli guruhlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Guruhlarni 
jihozlash maqsadida joylarini almashtirish imkonini beruvchi 
polifunksional 
transformal 
mebeliardan 
foydalanish 
kerak. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolani to‘laqonli tarbiyalash 
maqsadida:
– rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish bosh vazifa qilib 
qo‘yilgan. Bolani rivojlantiruvchi predmetli muhit bu bola faoliyati 
uning shaxsini to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar 
tizimidir. U bolalarning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan bazaviy 
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uning tarkibiy qismlari:
– tabiiy muhit va obyektlar;
– madaniy landshaftlar (ko‘rinishlar); 
– jismoniy - o‘yin va sog‘lomlashtiruvchi qurilmalar; 
– Predmetli o‘yin muhiti; 
– Bolalar kutubxonasi;
– Igroteka;
– Videoteka;
– Dizayn studiya va muzey;
–Musiqiy-teatral muhit;
– Mashg‘ulotlarning predmetli-rivojlantiruvchi muhiti;
– Kompyuter o‘yin majmuasi;
– Rivojlantiruvchi muhitga quyidagi talablar kiradi:
– Uning rivojlantiruvchi xarakteri;
– Jihozlangan predmetli muhit;
Yangi informatsion texnologiyalarni qo‘llash. (intellektual va 
operatsional). Maktabgacha ta’lim tizimida: 
– psixologik xizmatni; (psixoprofilaktik psixologik ilgarilama 
korreksion faoliyat);
– ijtimoiy pedagogik xizmat; 
– ijtimoiy pedagogik qo‘llab-quvvatlash, bola huquq va qiziqishlarini 
himoya qilish, bola tarbiyasida oila yordam ko‘rsatish, sog‘lom tur-


41 
mush tarzini tarkib toptirish, mahalliy boshqaruv idoralari, manfaatdor 
tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘r-
natish belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta’limni 
rivojlantirishning asosiy maqsadi:
– maktabgacha ta’limning nufuzini oshirish, uning ta’lim sohasida 
jamiyat uchun ustuvorligini mustahkamlovchi maqomini mus-
tahkamlash;
– bosh talabgor va iste’molchi;
– ota-onalarga mo‘ljallangan turli turdagi, tildagi va profildagi 
maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun sharoit ya-
ratish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar muhim 
hisoblanadi: 
– maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat tizimini saqlab qolish 
(budjet va tashkilotlarga qarashli);
– maktabgacha ta’limning standartini aniqlash;
– maktabgacha ta’limning yangi mazmun va texnologiyalariga o‘tish; 
– maktabgacha ta’limning tashkiliy-tarkibini variativlik tamoyillari, 
ochiqligi, barcha uchun qulayligi, oila bilan hamkorligi, maktab, 
mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o‘zaro muno-
sabatlarga muvofiqlashtirilgan holda o‘zgartirish;
– jamoatchilikka nisbatan birinchi navbatda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining rivojlanishidan ketayotgan o‘zgarish, shart-sha-
roitlari va talablarga o‘z vaqtida va mos keladigan javob topish;
– maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maktabgacha ta’lim tarkibi 
harakatliligida (o‘zgaruvchanligida) topqirlik bilan mo‘ljal olishga 
imkon beruvchi kadrlarni ilmiy-metodik tomondan tayyorlanishni 
takomillashtirishdan iborat. 
– maktabgacha ta’limni yangilashda bosh pozitsiya: Pedagogik 
faoliyatning o‘zaro hurmatga yo‘naltirilganligi, differensial va indi-
viduallik, demokratizatsiya, bolalar uchun bir xilda ta’lim berish 
imkoniyatini yaratish dinalizm va variativlik egallaydi.
Yuqorida ko‘rsatib berilgan vazifalarni joriy etishda quyidagi ta-
moyillar inobatga olinishi lozim: 
– Bola shaxsini rivojlantirishga intilayotgan pedagogik faoliyatning 
o‘zaro hurmatga yo‘naltirilganligi uning qobiliyati, iqtidori, qizi-
qishlari bolalar faoliyatining turli shakllarida maksimal olib borish. 


42 
– Shaxsning shakllanishida maktabgacha yoshining ahamiyati haqida 
zamonaviy ilmiy bilimlarini qo‘llash. 
– Intellektual rivojlantiruvchi, predmetni fazoviy muhitni yaratish. 
– Shaxsning manfaatlariga yo‘naltirilgan ta’lim ustuvorligini tan olish. 
– Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun tenglik huquqini 
tan olish.
– Maktabgacha ta’limning barcha uchun (tengligi) barobarligi.
– Bolalar sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilish uning jismoniy va 
psixik rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllanishida mak-
tabgacha ta’lim muassasasining ahamiyat.
– Bolaning ijtimoyillashuvi jamoada yashashga, ta’limning keyingi 
bosqichiga sekin astalik bilan o‘tishda maktabgacha ta’lim muassasasi 
faoliyat mazmunining yo‘naltirilganligi.
– Ta’lim-tarbiya ishlarining shakl va yagona umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarning mazmuni. 
– Tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi. 
– Bolalarni o‘qitish va rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muas-
sasasi va oilaning alohida xususiyatlarini hamkorlikda tatbiq etish 
jarayoniga ota-onalarni jalb etish. 
– Maktabgacha ta’limning asosiy talabgori va iste’molchisi bo‘lgan 
oilaning ehtiyojlariga qarab turli ko‘rinishda, tilda, profilda, variantiv 
bo‘lishni ta’minlash. 
– Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning uzviyligi, jamoatchilik va 
oilaviy ta’limning o‘zaro hamkorlig. 
– Hududiy xususiyatlarni hisobga olish. 
– Maktabgacha ta’lim tizimida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga kadrlarni 
tayyorlash va qayta tayyorlashga o‘z vaqtida e’tibor qaratish.
Maktabgacha ta’limni isloh qilish boshqaruv tizimida quyidagi 
o‘zgarishlarni talab etadi:
– Respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloqda amaliy ish vaziya-
tining hududiy va joylardagi xususiyatlaridan kelib chiqib mak-
tabgacha ta’lim muassasasining to‘g‘ri egiluvchan, boshqaruv 
shakllarini yaratish maqsadga muvofiqdir. 
– Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini qayta ko‘rish o‘z ichiga ishni 
tashkil etishda va mazmunida o‘zgarishlar, shuningdek yuqori tash-
kilot bilan o‘zaro munosabatlarda ham o‘zgarishlarni qamrab oladi. 


43 
– Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish mudira tomonidan 
doimiy faoliyat yuritadigan pedagogik xodimlar o‘z-o‘zini boshqaruv 
jamoaviy organi hisoblangan pedagogik kengashda amalga oshiriladi. 
– Maktabgacha ta’limni isloh qilish pedagogik xodimlarni tayyorlash 
va qayta tayyorlashda o‘zgarishlarni talab etadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida faqat maxsus pedagogik ma’lumotli va kerakli qayta 
tayyorlovdan o‘tgan xodimlar faoliyat yuritishi shart.
II. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin