50
9. Yurtimizda birinchi maktabgacha ta’lim tashkiloti qayerda va
qachon tashkil etilgan.
10. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi uchun olib
borilgan islohotlarga misollar keltiring.
III. MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TA’LIM TARBIYASI
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: s
haxs, rivojlantirish, bolani
tarbiyalash, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, rivojlanish xususiyatlari,
irsiyat, muhit, shaxs
III. 1. Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha
“Shaxs” - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti,
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni nalga
oshiruvchidir. Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning
kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik nillarning ta’sir
kuchi hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi.
Chunki uning xulqiga,
munosabatlariga vaziyat ham ta’sir etadi.
Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-
tarbiya muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda ishasa, o‘sha
jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir
odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘’ladi. U o‘zining xarakteri,
qiziqishi,
qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat
faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Rivojlanish kishidagi
jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va
egallangan miqdor va sifat zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘sishi vaznning ortishi, sezgi
a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g‘ri
boshqara bilish
bilan bog‘liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik
sifatlar belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish
jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy
rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha
boshlaganda uning xulqida,
tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan
ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali
amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi . Bolalar
egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning tanlab olishiga
51
rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya
jarayonida amalga
oshiriladi.
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning
rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi, jumladan,
kichik
yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga
butunlay aralashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarda
maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib
boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari,
mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning
oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan
ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-
tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonini beradi. Faollik bolaga
xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonida- faollik
asosida faoliyatning har
xil turlari shakllanadi.
Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni
maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilaг,
ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab oladilar.
Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy lari
undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrof ma’lum bir
munosabatning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, kattalarning hissiy-predmetli munosabatlaridanoq
bolada dastlabki
ijtimoiy talab vujudga keladi, dastlabki harakat va
tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini
egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay
Dostları ilə paylaş: