52
darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga
bog‘liq.
Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan
munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat
turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-
sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning
o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. 2,5 yoshdan keyin buyumlar
bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga
erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun
asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala
munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini
anglab olishning dastlabki
shakllari shakllanadi.
Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak-
atrofidagi tabiat to‘g‘risida, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi
bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy
bilimlari kengayib boradi. Agar ta’lim jarayonida 3-4
yoshli bolalar
diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6
yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va
munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga
qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat
bo‘lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb
anglay boshlaydilar, Bola o‘zini maktab o‘quvchisi
deb tushuna
boshlaydi. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat
yetakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va
oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana
oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga,albatta, bolalar faoliyatining
mazmunini
boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish
mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi. Odam shaxsini shakl-
lantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga,
mehnatga, boshqa
odamlarga va o‘ziga munosabat sistemasini izchil o‘zgartirish va
murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro‘y beradi.
Bunda bolalik va o‘smirlik yoshi, ayniqsa, muhimdir.
Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy
kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi.
Dunyoqarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg‘ular (burch, vijdon,
mas’uliyat, muhabbat] madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda
53
yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi. Shaxs faoliyati
muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi.
Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab
chiqarish faoliyati
va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni
rivojlantiradi,
lekin
faoliyat
odamni
u
yoki
bu
ijtimoiy
munosabatlardan chegaralab qo‘ysa, u shaxsning rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi
xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida
rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o‘z
ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta
ishlanadi va o‘zlashtiriladi.
Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o‘zgarishi, eskining
yo‘q bo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib,
uning
manbayi va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham
ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va
o‘zgaradi. Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xususiyatiga ega
bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbayi shaxs bilan
jamiyatning ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil
etish fani bu ziddiyatli
o‘zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun
foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish
ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasidagi
ziddiyat faoliyat sifatida o‘yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga
hamda bolalardagi o‘yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari,
ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: