Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


II. 4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

II. 4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash 
dasturining yaratilishi va tarixi 
Tarixdan ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan 
birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. Maktabgacha 
muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni va metodlari 
yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919- yilda maorif xalq kom-
misiyalarining maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi “Oila 
o‘chog‘i va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya”da 
bayon qilib berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshi qilish 
uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy asoslangan dasturini yaratish 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Programmaga oid har bir hujjat muayyan 
tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya nazaryasi va 
amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettiradi. Dasturning 
dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat bolalar 
faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan bilimlardan: ijtimoiy-
siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, musiqa-harakat tarbiyasi, tasviriy 
faoliyat, matematika, savod bo‘limlaridan iborat edi. Unda bolalar 
bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash vazifalari va hajmini belgilashga 


47 
urinib ko‘rilgan edi. “Dastur”ning vujudga kelishi esa maktabgacha 
tarbiya muassasalari ishini tartibga solishga, tarbiyachi-pedagoglar 
faoliyatiga ko‘proq yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 
1934-yilda takomillashtirilgan “Tarbiyalash dastur” nashr etildi. Unda 
bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va 
uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi. “:Dastur”da 
quyidagi: ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va 
plastelindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, 
kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi bilimlarning 
kurtaklari, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod 
chiqarish mashg‘ulotlari bo‘limlari bor edi. Shu bilan birga unda 
muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi, murakkab bilish mate-
rialining kiritilganligi, bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga 
olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining 
raxbarlik roliga yetarli baho berilmaganligi shular jumlasidandir. 
1938-yilda “Bolalar bog‘chasining tarbiyachi uchun qo‘llanma” nashr 
etildi. Unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash 
vazifalari to‘g‘ri yoritildi. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, 
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap 
yuritiladi. “Qo‘llanma” ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini 
yosh guruppalariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari 
bo‘yicha belgilangan edi. Bu esa tarbiyachini u yoki bu yoshdagi 
bolalar bilan ishlash uchun programma materialini tanlashda qiyin 
ahvolga solib qo‘yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning 
ko‘pgina masalalari “qo‘llanma”da yetarli darajada o‘z aksini topadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari 
ilmiy asosida ochib beriladi. Ota-onalar bilan ishlash ham yetarli 
yoritilgan edi. 1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi 
munosabati bilan ta’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalarni 
maktabgacha tayyorlash maqsadlarida “qo‘llanma” qayta ishlab 
chiqiladi. Dasturda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda 
tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan 
bilim mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berilgan.
1959-yil may oyida “Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada 
rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va 
meditsina xizmati ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” qaror 
qabul qilindi. Jumladan, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga 
olgan holda bolalar muassasalarining ikkita tipini – yasli va bolalar 


48 
bog‘chalarini yagona maktabgacha muassasasiga (yasli bog‘cha) 
birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshdagi bola-
larning tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutildi.
Yangi hujjatda maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar 
psixologiyasi, hamda bolalarni o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar 
to‘plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni 
tarbiyalashning eng yaxshi tarbiyasini umumlashtirish asos qilib 
olindi. Atroflarning katta kollektivi tomonidan tayyorlangan ilk 
yoshdan to maktabgacha kirish yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan olib 
boriladigan tarbiya ta’lim ishlarining yagona programmasi birinchi 
marta 1962-yilda e’lon qilindi.
“Dastur” e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi 
aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgari programma 
metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshdagi 
bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks ettirildi. 
“Mashg‘ulotlarda ta’lim berish” bo‘limida taqdim etilgan programma 
materiali ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning 
bilim minimumini to‘la o‘zlashtirish, ularning atrofdagi voqelik 
predmetlar va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglay olishlari 
uchun qulay sharoitlar yaratadi. “Dastur” shuningdek, bola shax-
siyatini har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan muayyan 
bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, yurish turishdagi ijobiy odatlar, 
axloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutadi. Unga 
mashg‘ulotlar, dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr 
qilish rejimi kiritilgan. Tarbiyachi “Bolalar bog‘chasida tarbiya 
dasturi”ga ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshdagi bolani o‘yinlar 
ko‘ngil ochish va mehnatda ta’lim berish va turmush jarayonida tarbi-
yalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal etilishini ta’minlamog‘i 
kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan.
“Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi” chop etildi. U ilmiy tad-
qiqot va eng yaxshi ish tajribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘-
lib, maktablarning boshlang‘ich ta’limning yangi programmalarga 
o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni hisobga oladi. Shundan keyingi 
yillarda bu “Programma” ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir 
necha marta qayta nashr etildi. Masalan, 1978-yilda, 1988 va 1995- 
yillarda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari 
ta’lim - tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish 


49 
ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlagan ma’lum 
maqsad va vazifalarni mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab 
etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat va jamiyat 
hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom aqlli, xushxulqli tarbiyalash 
vazifasi qo‘yiladi.
Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga 
yetishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti 
millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sog‘lom avlodni 
tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. Davlat va 
jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida 
rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Shunga ko‘ra “Maktabgacha 
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari”ga 
tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim 
tarbiya berish maqsadida 2002-yilda “Uchinchi ming yillikning 
bolasi” dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratiladi.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning 17 foizi 
ta’lim-tarbiya muassasalarida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada 
tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota-
onalarga mo‘ljallangan.
2010-yilda “Bolajon” o‘quv dasturi ta’sis etildi. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ijtimoiy tarbiyani tashkil 
etish borasida olib borilgan barcha ezgu ishlar, maktabgacha ta’limni 
kelgusida yanada rivojlanib, takomillashuvida muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin